Surxondaryo viloyatida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovi ochiq, oshkora va uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Viloyatning Uzun tumanida 51 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga 150 dan ortiq nomzod da’vogarlik qilmoqda. Shu kungacha o‘ndan ziyod o‘zini o‘zi boshqarish organida tashkil etilgan muhim kampaniyada saylovchi sifatida ro‘yxatga olingan aholi vakillari hududni kelgusi besh yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib, odamlarning turmush darajasini oshirishga ishongan eng munosib nomzodlarini yoqlab, ovoz berdi. 

Chaqar mahallasi tumanning chekka hududlaridan biri. Qo‘shni davlat bilan chegaradosh. Bu yerda o‘tkazilgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovida aholi vakillari uch nafar nomzodning dasturi bilan tanishib, muhokama etdi. 

“Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunga muvofiq o‘tkazilgan saylovda vakillar saylov byulletenlari orqali yashirin ovoz berdi. Unda eng ko‘p ovoz to‘plagan Abduolim O‘tayev mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Surxondaryo viloyat komissiyasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha vohadagi 157 ta mahallada fuqarolar yig‘ini raisi saylovi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubda mahalla fuqarolar yig‘ini saylovi davom etmoqda