Termizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”, deb nomlangan bosh g‘oya asosida umumxalq sayli bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning “2025 yilgi “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan sayilning asosiy bayram tadbirlari Termiz shahridagi San’at saroyi xiyobonida o‘tkazildi.

Yashillikka burkangan xiyobonda Surxondaryo viloyatining tuman va shaharlariga, tashkilot va muassasalariga ajratilgan maydonlarda o‘tov uylar o‘rnatilib, ajdodlarimiz o‘tmishdan qalb qo‘rida asrab kelgan milliy qadriyatlarimizga mos bezatildi. Milliy hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmalari, folklor jamoalarning qiziqarli dasturlari, xotin-qizlarning alla va lapar aytish, o‘sma va xina qo‘yish jarayonlari namoyish etildi. Viloyat musiqali drama va qo‘g‘irchoq teatrlarining konsert-tomosha dasturlarida ham milliy qadriyat hamda urf-odatlarimiz o‘z ifodasini topdi. 

Dor o‘yinlari, sumalak, tandir go‘sht, cho‘poncha kabi milliy taomlar tayyorlash, “Arqon tortish”, “Tosh ko‘tarish”, “Armrestling”, “Yelka kurashi”, “Qarab tep” singari etnosport musobaqalari barchada iliq taassurot uyg‘otdi.

“Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokchilarni eng qadimiy, eng go‘zal va eng nafis bayram bilan tabriklab, yurtimizga tinchlik, to‘kinlik, xonadonlarga fayz, dehqonchilikka qut-baraka tiladi. O‘tgan yilni sarhisob qilib, joriy yilgi rejalar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

O‘tgan yil viloyatning yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarishida vohaning yetakchi tarmoqlaridan biri­ qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 36,7 trillion so‘mni tashkil etdi. Yangi yilda bu ko‘rsatkichni 41,7 trillion so‘mga yetkazish mo‘ljallanmoqda. Yakunlangan yil viloyat g‘allakorlari mavjud maydonlardan qariyb 248 ming tonna sara don yig‘ishtirib olib, gektarlar hosildorligini 76,5 sentnerga yetkazgan bo‘lsa, joriy yilda o‘rtacha hosildorlikni 86 sentnerga yetkazishni ko‘zda tutmoqda. Shuningdek, meva-sabzavot, poliz va boshqa ekinlardan ham o‘tgan yildagidan mo‘l hosil olish uchun bahorgi dala yumushlari qizg‘in boshlab yuborildi.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Kambag‘allikdan farovonlik” sari dasturi doirasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga olib chiqilganini butun dunyo e’tirof etmoqda, – dedi viloyat hokimi. – O‘tgan yil viloyatda 11 mingdan ortiq oilani kambag‘allikdan chiqarib, vohaning kambag‘allik darajasini 7,9 foizga tushirdik. Bu yil 425 ming yangi ish o‘rni yaratish hamda 24 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish orqali kambag‘allik darajasini 4 foizga tushirishni mo‘ljallayapmiz.

Tantanali tadbir elimiz suygan san’atkorlar va folklor jamoalarining konsert dasturi bilan yakunlandi. 

Shu kuni viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov vohaning bayram tadbiriga kelgan Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati delegatsiyasi hamrohligida Termiz shahrida barpo etilgan “Yoshlar va turizm” ko‘chasi bilan tanishdi. Eski Termizning qadimiy arxitekturasi asosida bunyod etilgan “Boqiy shaharcha” turizm majmuasi va uning yonida qurilgan musiqali favvoraning ochilish marosimida ishtirok etdi.

[gallery-22361]

Bugun Sherobod tumanida milliy kurash, Jarqo‘rg‘on tumanidagi bepoyon adirliklarda uloq-ko‘pkari musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Sharqona yil boshi, yasharish va yashnatish faslining boshlanishiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari vohaning chekka, olis mahalla va qishloqlarida ham yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Janubda boqiy qadriyatlarimiz tarannum etildi