Jankorazov Abror Mamrajab o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusida
Jankorazov Abror Mamrajab o‘g‘lining 02.00.17 – “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari” ixtisosligi bo‘yicha “Aholi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida non mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-avgust kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 160115, Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 7-uy. Namangan davlat texnika universiteti.
Tel.: (+99869) 234-15-23
e-mail: namdtu_info@edu.uz