Jangovar sambochilarimiz jahon kubogida tengsizligini namoyish etdi
Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumiy hisobda 16 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli musobaqaning ilk kunida 7 ta medalga egalik qilgan sambochilarimiz ikkinchi kundagi bellashuvlarda 4 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga egalik qildi.

Shiddatli kechgan kurashlarda mahoratli sportchilarimizdan Lutfulla Saydamatov, Bahodir Boqiyev, Islom Nosirov jangovar samboda, Shinar Ibrayeva sport sambosida o‘z vazn toifalarida oltin medal, O‘tkir G‘ulomaliyev (jangovar sambo) kumush, Mohinur Qudratova, Feruza Xo‘rozova, Musoxon Ziyadinov, Amir Qudratullayev bronza medal sohiblari bo‘ldi.
Jahon kubogini 4 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan yakunlagan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqaning jangovar sambo yo‘nalishida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallaganligi o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA