Jangchi-faxriylar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasi hamda O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi bitimga ko‘ra, jangchi-faxriylar va halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Rossiya qurolli kuchlari vakillari O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi mutasaddilari bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan ushbu tadbir bu safar Sirdaryo, Toshkent viloyati va poytaxtda istiqomat qilayotgan afg‘on-jangchilar bilan o‘tkazildi.
[gallery-4238]
Dastlab, tadbir ishtirokchilari “G‘alaba bog‘i”da bo‘lib, urushda besh farzandidan ayrilgan Zulfiya ona Zokirova haykali poyiga gullar qo‘yishdi. So‘ngra “Shon-sharaf” muzeyiga sayohat uyushtirildi. Tadbir so‘nggida “bir piyola choy” ustida muloqot davom etdi.
Jangchi-faxriylarni qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur tadbir respublikamizning boshqa viloyatlarida ham amalga oshirilmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA