Jamoatchilik bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbir Raqobat qo‘mitasi hamda Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti hamkorligida tashkil etildi.
Unda Qo‘mita markaziy apparati va hududiy organlari mutasaddilari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamg‘armasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat bo‘limi hamda NNT tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Davra suhbatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, NNTlarning davlat ijtimoiy buyurtmalaridagi ishtirokini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash kabi masalalar hamda reklama monitoringi bo‘yicha Germaniya va Yevropa mamlakatlari tajribasi muhokama qilinmoqda.
N.Rahmonova,
O‘zA