Jamoat xavfsizligi doimiy eʼtiborda
Jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş içki işlar organlari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan hisoblanadi. Toşkent viloyatida ham aholi osoyiştaligini taʼminlaş maqsadida kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, viloyat Içki işlar boş boşqarmasi tomonidan “Xavfsiz va soğlom yurt” keng kölamli tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi doirasida ötgan 20 kun davomida hududlarda xavfsizlikni taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda jamoat tartibini saqlaşga qaratilgan keng kölamli işlar olib borildi.

Boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirlar davomida jami 7 ming 750 ta tezkor-qidiruv tadbiri amalga oşirilib, 233 ta jinoyat işi qözğatildi. Şuningdek, avval foş etilmagan 369 ta jinoyat oçildi. Qidiruvda bölgan 117 nafar şaxs uşlandi, bedarak yöqolgan 93 nafar fuqaro topilib, oilalariga qaytarildi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş yönalişida 180 ta jinoiy holat aniqlandi. Natijada noqonuniy muomaladan qariyb 30 kilogramm giyohvandlik vositalari olib qöyildi. Şuningdek, ularni yaşirin tarzda tarqatiş bilan boğliq 15 ta “zakladka” holati foş etildi.

Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida ham qator huquqbuzarliklar aniqlandi. Xususan, 109 ta jinoiy holat qayd etilib, 135 nafar şaxs jinoiy javobgarlikka tortildi. Tadbirlar davomida 9 dona ov miltiği, 16 ta qölbola usulda yasalgan va pnevmatik qurol, şuningdek, 347 dona öq-dori aşyoviy dalil sifatida olindi. Bundan taşqari, huquqbuzarlardan 1 ming 414 dona buyum, jumladan, ötkir tiğli jismlar, kastet va boşqa vositalar musodara qilindi.

Bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgan kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş ham eʼtibor markazida. Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 262 ta kiberjinoyat foş etildi.
“Xavfsiz va soğlom yurt” tadbiri doirasidagi işlar aholi tinçligi va jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatçilikning oldini oliş hamda huquqbuzarliklarga qarşi kuraşişga qaratilgan. Bu yönalişdagi tezkor-qidiruv va profilaktik tadbirlar viloyat hududida izçil davom ettirilmoqda.
A.Musayev, ÖzA