O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tashabbusi bilan joriy yil 18 noyabrdan 23 noyabrga qadar Respublikamizning, jumladan, Sirdaryo viloyatining barcha mahallalarida "Jamoatchilik nazorati" haftaligi o‘tkazilmoqda.

Mirzaobod tumani Tinchlik mahallasida bo‘lib o‘tgan mazkur yo‘nalishdagi uchrashuvda tuman 4-sektori rahbari, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Dilshod Toshmatov, "Sirdaryo suv ta’minoti" AJ tuman bo‘limi rahbari Nuriddin Joniqulov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tuman bo‘limi rahbari Ikrom Norqo‘ziyev hudud aholisiga, "Mahalla yettiligi" hamda keng jamoatchilik vakillariga joriy yil boshidan beri mahallada amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. 

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari kelgusida rejalashtirilgan loyihalar bilan ham tanishtirilib, rahbarlar tomonidan aholidan kelib tushayotgan talab va takliflar asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritilishi mumkinligi, har bir fikr-mulohazalar e’tiborga olinishi ta’kidlandi. 

– Hisobotlar mobaynida rahbarlar tomonidan hudud aholisining murojaatlari ham tinglandi,– deydi "Tinchlik" MFY raisi Hasan Xudoyberdiyev. – Xususan, mahalladagi Shafoat ko‘chasiga 300 metr ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, Barqaror va Ulug‘obod ko‘chalariga beton ustunlarni o‘rnatish kabi muammolarning hal etilishi bo‘yicha aniq muddatlar belgilab olindi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Jamoachilik nazorati" haftaligida aholiga hisobot berilmoqda