Oilalarning tinch-totuvligi, farovonligini ta’minlash, farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish, ijtimoiy muhitni yaxshilash jamiyat taraqqiyotining muhim omili sanaladi.
Yoshlar tarbiyasini tahlil etib borishda "Uch avlod uchrashuvi", “Rahbar va ota-onalar” muloqoti kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlar ayni yo‘nalishdagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Toshkent shahar Bektemir tuman Madaniyat markazida o‘tgan “Rahbar va ota-onalar” uchrashuvida Milliy gvardiya xizmatchilari ota-onalariga tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan shart-sharoitlar, harbiy qismlarda yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy axborot texnologiyalari, moddiy texnik baza hamda ushbu sharafli kasb haqida gapirib berishdi.
Mahallalar, ta’lim muassasalari, xiyobonlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, bunda Milliy gvardiya xizmatchilarining mas’uliyati, belgilangan vazifalarni sadoqat bilan ado etishda ota-onalarning roli, mahallaning ta’sir kuchi, ko‘makdoshligi xususida suhbatlashildi. Fikr-mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda tizimda faoliyat yuritayotgan yosh harbiy xizmatchilarning oilalari mustahkam bo‘lishida yoshi kattalarning o‘rni alohida ekani, ularning o‘gitlari, yo‘l-yo‘riqlari asqatishi ta’kidlandi.
Joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi muloqot va uchrashuvlar oilalar o‘rtasidagi munosabat hamda harbiy xizmatchilarning o‘ziga biriktirilgan vazifalarni fidokorona bajarishlariga kuch va g‘ayrat bag‘ishlayotgani aytib o‘tildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3fsVWsWuYZM" title="Jamiyat taraqqiyotining muhim omili" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>T.Ro‘ziyev,
X.Abrayqulova, A.Sodiqov (video), O‘zA