Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida yangi yilga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nom berish taklifi yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi. Bu avvalo mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga berilgan yuksak bahodir.

Mahalla azaldan milliy qadriyatlar beshigi, jamiyat barqarorligining tayanchi bo‘lib kelgan. Vatan ostonadan boshlanganidek, mahallaning rivoji ham mamlakat taraqqiyotining poydevoridir. Shu ma’noda, Murojaatnoma jamiyatning barcha bo‘g‘inlari uchun aniq yo‘l xaritasi vazifasini o‘tamoqda.

Murojaatnomada so‘nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar va kelgusi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ayniqsa, oliy ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilgani bejiz emas. Chunki iqtisodiyotning barqaror rivoji yuqori intellektual salohiyatga ega kadrlar bilan bevosita bog‘liq.

Prezidentimiz tomonidan Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli Abuda universiteti boshqaruviga berish, shuningdek, Yaponiyaning Sukuba milliy universiteti bilan hamkorlikda yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etish haqidagi qarorlar oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi. Bu esa ilm-fan va innovatsiyalar sohasida global integratsiyani yanada chuqurlashtiradi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, Qarshi davlat texnika universiteti Abuda universiteti bilan ko‘p yillik samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Akademik almashinuvlar, qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro anjumanlar bunga yaqqol misoldir. Xususan, 2025 yil noyabr oyida o‘tkazilgan VII xalqaro konferensiyada universitetimiz tashkiliy qo‘mita a’zolari safidan o‘rin olgani hamkorlikning amaliy samarasini ko‘rsatadi.

Murojaatnomada bitiruvchilar bandligini ta’minlash masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Oliygohlar va ish beruvchilar o‘rtasida raqamli ekotizim yaratilishi ta’lim natijadorligini oshirish, shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiya omillarini bartaraf etishga xizmat qiladi. Bu tizim orqali talabalar o‘z imkoniyatlarini, ish beruvchilar esa malakali kadrlarni tez va aniq topishi mumkin bo‘ladi.

Raqamlashtirish va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish bugungi kun talabi. Shu bois ta’lim dasturlarini jahon standartlari asosida takomillashtirish, zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash ishlari yanada kuchaytirilmoqda. Bu borada Qarshi davlat texnika universitetining Yangi O‘zbekiston universiteti hamda Gubkin nomidagi universitetning Toshkent filiali bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi yilga berilgan nomning o‘ziyoq mahallaning islohotlar markaziga aylanayotganidan dalolat beradi. Aniq reja va manzilli dasturlar natijasida mamlakatimizda kambag‘allik darajasining sezilarli kamaygani buning yaqqol isbotidir.

Ushbu yo‘nalishda universitetimiz professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida qator mahallalarda ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilib, aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish, “yashil” loyihalarni joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Murojaatnomada ta’kidlanganidek, IT, fintex va sun’iy intellekt sohalaridagi startaplar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlar tashabbusini qo‘llab-quvvatlashda muhim omildir. Universitetimizda ham ushbu yo‘nalishlarda qator innovatsion loyihalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Bu esa ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yorqin namunasidir.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Murojaatnoma jamiyat hayotidagi barcha ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan, aniq maqsad va vazifalarni belgilab bergan muhim dasturiy hujjatdir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, mahalla rivojlansa – mamlakat yuksaladi. Bu yo‘lda har birimizning mas’uliyatimiz, fidoyiligimiz va mehnatimiz hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Yurt ravnaqiga hissa qo‘shish – nafaqat burch, balki sharafdir. Bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilsak, oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga, albatta, yetamiz.

Sherzod Ne’matov,

Qarshi davlat texnika universiteti rektori.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyat taraqqiyoti faollikdan boshlanadi