Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlash, ularni teng huquqli mehnat sub’ektiga aylantirish borasida yurtimizda samarali ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2020 yilda tashkil etilgan “Zangiota o‘quv ishlab chiqarish korxonasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarayotgan mebel mahsulotlari xaridorligi bilan el e’tiborini qozonib kelmoqda. 

Bugungi kunda korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 4 milliard so‘mni tashkil qiladi. E’tiborlisi, korxona jamoasining 70 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Sohaga oid tegishli hujjatlarga muvofiq, xodimlarning 50 foizida nogironlik bo‘lgan tadbirkorlar davlat buyurtmachilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish huquqiga ega. 

Korxona rahbari Davron Abdusamatov o‘tgan yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasida 600 million so‘mlik shartnoma imzolagan bo‘lsa, bu yilgi yarmarkada 2 milliard so‘mdan ortiq shartnoma tuzishni rejalashtirgan. 

– Korxonamizda mehnat qilayotganlarning imkoniyatlariga ishongan holda, teng sharoit yaratishga intilyapmiz. Davlatimiz tomonidan berilgan yengilliklar, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish huquqi bizga ish faoliyatni barqaror yo‘lga qo‘yish va yanada kengaytirish imkonini berdi. O‘tgan yili yaxshi natijalarga erishdik, – deydi tadbirkor D.Abdusamatov. 

Korxonada faoliyat yuritayotgan Sharif Komilov 1-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, juda mehnatkash. Kelajakda o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishni ham rejalashtirgan. 

– Bu korxonaga ishga kirganimdan juda mamnunman, – deydi Sh.Komilov. Har bir xodimga mehr bilan qaraladi, nogironligi bor shaxslarga alohida e’tibor ko‘rsatiladi. Mehnat qilish, o‘zini oilaga, jamiyatga kerakligini his qilish bu katta baxt. Kelajakda mustaqil tadbirkor bo‘lishni niyat qilganman. Hozir sohada olayotgan tajribam kelgusida menga katta maktab bo‘ladi. 

Ma’lumki, joriy yilning 1-2 may kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tadigan “Inson uchun” savdo-ko‘rgazmasi ham aynan shu toifadagi insonlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bu an’anaviy tadbirda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etadi. 

Ko‘rgazma doirasida turli tijorat loyihalari va hamkorlik tashabbuslari ilgari suriladi. “Zangiota” korxonasi va u kabi ijtimoiy mas’uliyatli tadbirkorlar misolida aytish mumkinki, imkoniyat yaratilgan joyda fidokorlik va mehnat orqaligina jamiyat farovonligini ta’minlash mumkin. 

A.Musayev,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jamiyat rivojiga hissa qo‘shish eng katta baxt