Mavlono Jaloliddin Rumiy jahon mumtoz adabiyotining eng buyuk siymolaridan, “bashariyat shoiri“ deb shuhrat qozongan zabardast allomadir.

Mavlono Jaloliddin Rumiy jahon mumtoz adabiyotining eng buyuk siymolaridan, “bashariyat shoiri“ deb shuhrat qozongan zabardast allomadir. Qariyb sakkiz asrdirkim uning nomi tillardan tushmaydi, rumiyona satrlar ellardan ellarga o‘tib, dunyo kezadi. 

Jahon mumtoz adabiyotining ana shunday buyuk allomalaridan yana biri Ozarbayjon shoiri Shayx Nizomiy Ganjaviydir. Bu ikkala buyuk alloma qalamiga mansub asarlar, jumladan, Jaloliddin Rumiyning “Masnaviyi ma’naviy“si, Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa“si ular ijodining eng yorqin durdona asarlari sanalib, dunyo kitobxonlari tomonidan sevib mutolaa qilinadi. 

Mazkur ikkala asar O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan forsiydan o‘zbek tiliga mohirona tarjima qilingan. 

Yaqinda mazkur tarjima asarlar – Jaloliddin Rumiy Hazratlarining “Masnaviyi ma’naviy“si Qunyoda, Shayx Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa“si Bokuda o‘zbek tilida nashr etildi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jaloliddin Rumiy Hazratlarining “Masnaviyi ma’naviy“si Qunyoda, Shayx Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa“si Bokuda o‘zbek tilida nashr etildi