“Bizning tanimizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud kabi bobolarimiz qoni oqmoqda. Biz shunga munosibmiz va bu munosiblikni har daqiqada butun xalqimizga, jahon ahliga tarannum qilishga shoshilishimiz kerak!”

Sh.Mirziyoyev

Har bir xalqning oʻz qahramonlari boʻladi. Bu qahramonlar vatanni sevish, uni ardoqlashda ibrat va gʻurur ramzi sanalib, oʻz yurtining tinchligi, ozodligi, taraqqiyoti yoʻlida kurash olib borish uchun turtki boʻlib xizmat qiladi. Vatan ozodligi yoʻlida shirin jonini fido qilgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixda oʻchmas iz qoldirgan ana shunday milliy qahramondir.

Prezidentimiz nutqlarida, yoshlar va harbiylar bilan boʻlgan uchrashuvlarda Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi, jasorati va mardligini oʻrganish, yoshlarga targʻib qilish xalqimizni milliy gʻururini koʻtarishda, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini rivojlantirishda muhim vosita ekanligini alohida taʼkidlaydi.

Prezidentimizning ajdodimiz xotirasiga yuksak hurmatidan ilhomlangan holda Jaloliddin Manguberdi va uning soʻngi kunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganishga kirishdik. Bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti tarixchi olimlari hamda xorijlik tarixchilar bilan aloqa oʻrnatib ularning bu boradagi tadqiqotlari bilan tanishdik.

Jaloliddin Manguberdi qabrini izlash borasida 1994-yilda ikkita ishchi guruh Turkiyaning sharqiy qismidagi Tunjeli va Diyorbakir, Bingol va boshqa hududlariga tashrif buyurgan. Bu ishchi guruhlarning biri Jaloliddin Manguberdining qabri Diyorbakir viloyati Silvan shahri hududida, ikkinchi ishchi guruh Tunjeli viloyatida degan taxminiy xulosaga keladi. Bu borada turk tadqiqotchilarining ham oʻz taxminlari bor.

Shuni taʼkidlash lozimki, mustaqillik yillarida Jaloliddin Manguberdi tarixi borasida biroz ishlar qilingan boʻlsa ham, uning halokati va qabri borasidagi maʼlumotlar bir-biridan farq qiladi. Xorijlik, jumladan, turkiyalik tarixchilar bilan ham aloqaga kirishib, ularning ham xulosalarini oldik. Oʻrganishlar chogʻida Turkiyada Jaloliddin bilan borib qolgan xorazmliklar toʻgʻrisidagi bilimlarimizni mustahkamladik. Maʼlum boʻlishicha, Turkiyada 30 ga yaqin Xorazm nomi bilan bogʻliq qishloq, ovul va mahallalar bor ekan. Ular oʻzlarini Jaloliddin Manguberdi bilan Turkiyaga kelganliklarini taʼkidlaydi. Shu bilan birga Anqara va Istanbul shaharlarida xalqimiz tarixiga taalluqli noyob yozma manbalarning borligi, ularning aksariyati haligacha oʻrganilmasdan kelayotganligi bizda Turkiya davlatiga ilmiy, maʼrifiy ekspeditsiya uyushtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish borasidagi fikrlarni tugʻdirdi. Shundan soʻng bu borada qilingan ishlar, tadqiqotlar bilan tanishishga kirishdik. Oʻrganishlar jarayonida Jaloliddin Manguberdi ona vatanini moʻgʻullardan himoya qilish maqsadida bosib oʻtgan yoʻllarida Pokiston, Eron, Ozarbayjon, Turkiya hududlarida u bilan bogʻliq toponimlar, gidronimlar, etnonimlarning mavjudligi, bu davlatlarda Jaloliddin Manguberdini turkiy xalqlar qahramoni, Islom qahramoni sifatida chuqur oʻrganilganligi va eng qizigʻi bugungi kunda ham uning tarixiga alohida hurmat va qiziqish borligini angladik.

Eronda Jaloliddin qalʼasi deb nomlangan harbiy istehkom – qalʼa aynan Jaloliddin Manguberdi bilan bogʻliqligi, Pokiston zaminida Jaloliddin Manguberdi izidan butun Pokiston boʻylab ekspeditsiyalar uyushtirilganligi hayratimizni oshirdi. Ozarbayjon va Turkiyada oʻzlarini xorazmlik deb biluvchi juda koʻplab aholi maskanlari borki, ular tarixini oʻrganish tariximizni ochilmagan sahifalarini oʻrganishga yordam beradi.

2019-yil boshida “Jaloliddin Manguberdi izidan” Turkiya va boshqa davlatlarga ilmiy-maʼrifiy ekspeditsiya uyushtirish boʻyicha tashabbus bilan Xorazm viloyati hokimligiga, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga murojaat bilan chiqdik.

2019-yil may oyida Xorazm viloyati hokimi boshchiligida viloyat delegatsiyasi tarkibida Turkiya Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdim. Safar davomida turk tarixchilari bilan birga xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Dyusen Kaseinov bilan uchrashib, Turkiya davlatiga uyushtiriladigan ekspeditsiya, asosiy maqsadlarimiz xususida oʻrtoqlashdik. TURKSOY xalqaro tashkiloti Oʻzbekiston tomonidan qilinadigan bunday tashabbusni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. 
Shundan soʻng, Jaloliddin Manguberdi izidan ilmiy, maʼrifiy ekspeditsiya tuzib, keng qamrovli oʻrganish ishlarini tashkil etish boʻyicha takliflar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xorazm viloyati hokimligi tomonidan maʼqullangach, endi ular bilan birgalikda xalqaro ilmiy, maʼrifiy ekspeditsiyaning konsepsiyasi, yoʻl xaritasi va rejalari ishlab chiqildi hamda hukumatimizning tegishli vazirliklariga, mutasaddi tashkilotlariga taqdim qilindi.

Respublikamizdagi tegishli vazirlik va mutasaddi tashkilotlar Turkiya davlatiga uyushtiriladigan Xalqaro ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy ekspeditsiyaga eʼtiroz bildirmadi, loyihani amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Turkiya tomoni esa mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini maʼlum qildi. Jumladan, Turkiya tarixchilar uyushmasi aʼzosi Mexmet Sayar, “Oltin meros” Xalqaro jamgʻarmasining Turkiyadagi vakili Sulaymon Merdanoʻgʻlu, Anqaradagi strategik tafakkur instituti direktor oʻrinbosari Sinan Tavukchilar Jaloliddin Manguberdining oʻzbek-turk xalqlari tarixidagi muhim oʻrnini eʼtirof etib, tashabbusni qoʻllab-quvvatlashlarini maʼlum qilganliklarini, hatto mashhur “TRT-Avaz” telekanali ekspeditsiya jarayonlarini doimiy ravishda efirga uzatib borishini bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi ekspeditsiyani 2020-yilda Xiva shahrining “Turk dunyosi madaniyati poytaxti” sifatida eʼlon qilinishi doirasidagi loyihalar bilan birgalikda 2020-yilda amalga oshirish taklifini kiritdi.

Oldimizda mashaqqatli vazifalar turar edi. Bu rejalar xususida Madaniyat vaziri oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov (hozirgi vaqtda Madaniyat vaziri) bilan uchrashib, maqsad va rejalarimiz bilan oʻrtoqlashdik. U ham ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib, Jaloliddin Manguberdi tarixi boʻyicha koʻp qismli badiiy film ishlash jarayonlari boshlanayotganini maʼlum qildi. Bu kabi keng qamrovli ekspeditsiya uyushtirish, bunday taklifni rahbariyatga taqdim qilish, uni amalga oshirish masalasida tajribasizligimiz, bu borada maslahat oladigan odamning ham yoʻqligi ishimizni biroz murakkablashtirdi.

Ushbu tashabbus haqida ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniya, internet nashrlari, gazeta va jurnallar, ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar berib bordik. Bu tashabbusni Oʻzbekiston fanlar akademiyasi, Maʼmun akademiyasi tadqiqotchilari, Urganch davlat universiteti va boshqa ilmiy dargohlar professor-oʻqituvchilari hamda keng jamoatchilikka maʼqul boʻlishi bilan birga, bir nechta ziyolilar ushbu loyihaga oʻz noroziliklarini ham bildirdi. Noroziliklarning asosiy mazmuni islomiy urf–odatlarimizga mos emasligi, degan tushuncha bilan bogʻliq edi. Shundan soʻng, loyiha boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Musulmonlar idorasiga xat yozib, ularning ham roziligini oldik va ulamolarning ham bu boradagi qarashlari bizning kuchimizga kuch qoʻshdi.

Tegishli mutasaddilardan ruxsat olgan boʻlsak-da ekspeditsiyani amalga oshirish borasidagi harakatlarimizdan qoniqish hosil qilmadik. Chunki ushbu loyiha davlatlar orasida hal qilinishi lozim boʻlgan masala edi. Shundan soʻng, Hindistonda 300-yildan ortiq vaqt hukmronlik qilgan boburiylar sulolasi asoschisi Bobur tarixini oʻrganish maqsadida 20 dan ortiq davlatlarga safarlar uyushtirgan xalqaro “Bobur” fondi faoliyati bilan tanishish uchun Andijon viloyatiga borib, fond rahbari Zokirjon Mashrabov bilan maslahatlashdik. Shundan soʻng, maqsadimizni amalga oshirish uchun “Jaloliddin Manguberdi” fondini tashkil qildik. Homiylar yordamida va tadbirkorlik qilib biroz mablagʻ ham yigʻdik.

Lekin, baribir ishlarimiz choʻzilib kelaverdi.

Nihoyat Joriy yilning 12-13-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi biz uchun nihoyatda quvonarli boʻldi. Prezidentimiz ishtirokida Xorazm faollari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda Jaloliddin Manguberdi izidan ilmiy-maʼrifiy ekspeditsiya uyushtirish taklifimiz Muhtaram Prezidentimizga maʼqul boʻldi va “Bunday ishlarni amalga oshirish uchun qancha mablagʻ kerak boʻlsa tayyor”ligini, Jaloliddin Manguberdining tarixi boʻyicha hali juda koʻp ishlashimiz kerakligini bildirdi. Endilikda, 2020-yilda Jaloliddin Manguberdi izidan Turkiya, Moʻgʻuliston, Kavkazorti va Sharq mamlakatlariga ilmiy-maʼrifiy ekspeditsiyalar uyushtirish, kutubxona va muzeylar, arxiv va qoʻlyozmalar fondlarida saqlanayotgan nodir asarlar, qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlarni oʻrganish, ulardan nusxalar olish, shuningdek Jaloliddin Manguberdi qabrini aniqlash, xorijiy ilmiy-maʼrifiy markazlar bilan aloqalar oʻrnatish ana shu asosda “Jaloliddin Manguberdining jahon tarixida tutgan oʻrni” mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazish, sarkarda hayoti va jasorati bilan bogʻliq tarixiy, badiiy-maʼrifiy asarlar, badiiy va hujjatli filmlar, seriallar, sahna asarlari yaratish borasida hukumat qarori tayyorlanadigan boʻldi. Bu Jaloliddin Manguberdi tarixini chuqur oʻrganish va xalqimizga oʻzligini tanitishdagi navbatdagi qadam boʻladi. 
Prezidentimiz Xorazm viloyatiga oldingi safari chogʻida Jaloliddin Manguberdini ot ustida oʻtirgan holatdagi haykalini bunyod etish borasidagi taklif va tashabbusi xorazmliklar tomonidan iliq kutib olingan edi. Bu galgi tashrifda ham ushbu haykal maketini koʻrib mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Maʼlumki, Rossiyada Yuriy Dolgorukiy, Nikolay I, Pyotr I, Fransiyada Napaleon Bonapart, Lyudovik XIV, Turkiyada Alouddin Kaykubod, Turkmanistonda Alp Arslon singari xalq qahramonlarining hashamatli, mahobatli va bejirim, shu bilan birga ulkan maʼnaviy mazmun kasb etgan otliq haykallari oʻrnatilgan. Jaloliddin Manguberdini ham ot ustida tasvirlanishi tarixiy haqiqatni qaror topayotganligidan dalolatdir. Nimaga deganda, Jaloliddin Manguberdini otsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki u butun umrini xalqlarning ozodligi yoʻlida dushmanga qarshi kurashib jangu-jadalda, ot ustida oʻtkazdi. Hatto olov va Sind daryosi oʻrtasida qolib oʻpqonli daryodan sakraganda ham u ot ustida edi. U davlat odami, hukmdor edi.

Shu nuqtayi nazardan Muhtaram Prezidentimizning ushbu qarori xalqimiz gʻururiga gʻurur, iftixoriga iftixor qoʻshadigan, chet ellik mehmonlarga ajdodlarimizning qanday ulugʻ shaxslar boʻlganligini koʻrsatishga xizmat qiladi.

Xalqimizdan buyuk daholar, buyuk sarkardalar yetishib chiqqan. Xalqimiz dunyo ilm-fani va madaniyatiga beqiyos hissa qoʻshgan. Muhtaram Prezidentimizning buyuklarimiz merosini oʻrganish va ularga munosibligimizni isbotlashimiz uchun juda katta imkoniyatlarni taqdim qilmoqda. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanish har birimizning muqaddas burchimizga aylanmogʻi lozim.

Zero, nomidan maʼlumki jasorat va mardlik timsoli, qahramon sarkarda Jaloliddin Manguberdi mangulikka daxldor buyuk ajdodimizdir!

Bekzod Abdirimov,
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari.
“Jaloliddin Manguberdi“ fondi rahbari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jaloliddin Manguberdining qabri qayerda...
Жамият
12:26 / 23:03:2020