O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami arafasida Jalaquduq tumanida Oila va xotin-qizlar maskani barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 15-16 fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Jalaquduq tumanida “Oila va xotin-qizlar maskani”ni barpo etish va uning namunaviy faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi.  

Ana shu topshiriq ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Andijon viloyati, Jalaquduq tumani hokimliklari tomonidan zamonaviy, barcha qulaylikka ega Oila va xotin-qizlar maskani barpo etildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Oila institutini mustahkamlash, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish bo‘limi boshlig‘i Mavludaxon Nizomova, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Gulnoraxon Ahmedova, Jalaquduq tumani hokimi Hikmatullo Latipov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida  maskan ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olganlar  mamlakatimizda keyingi yillarda oila va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlashdi.  

–Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda xotin-qizlar masalasiga, xususan, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, qo‘llab-quvvatlash,  turmush farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi  O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Mavludaxon Nizomova. – Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida har bir mahallada opa-singillarimizni ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ularning muammolarini bartaraf etish, doimiy daromad manbaini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda hamda ijobiy natijalarga erishilmoqda. 

[gallery-18912]

Oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi huzurida tashkil etilgan mazkur maskanda turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari, xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy maslahatxona, tez daromad topadigan kasb-hunarlarga o‘qitish va tadbirkorlikka ko‘maklashish, “Oila kutubxonasi” “Yosh onalar maktabi”, “Ona va bola”, sport mashg‘ulotlari xonalari, fitnes klub tashkil etilgan.

Tuman xotin-qizlariga ko‘makchi, ularning og‘irini yengil qilishga xizmat qiladigan Oila va xotin-qizlar maskanida belgilangan ishlar yangicha yondashuv va tizim asosida olib borilishi alohida qayd etildi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jalaquduqda Oila va xotin-qizlar maskani ish boshladi