Yana bir o‘zbek kinosi – «Ibrat» xalqaro festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Kinorejissyor Jahongir Qosimovning «Ibrat» tarixiy-badiiy filmi Avstraliyada o‘tkazilgan xalqaro musulmonlar kinofestivalida «Eng yaxshi to‘liq metrajli badiiy film» nominatsiyasida g‘olib, deb topildi.  

«Ibrat» kinokartinasi "Kinomaniya" kinostudiyasi tomonidan suratga olingan bo‘lib, filmda ma’rifatparvar bobomiz Ishoqxon Ibrat hayoti haqida hikoya qilinadi.

- Oldin ham aytganman, «Ibrat» filmi kassa qiladigan, pul keltiradigan film emas, - deydi film rejissyori Jahongir Ahmedov. - Bu jiddiy film, ibratli film. Qarangki, yuz yil avval millat kelajagi uchun real ish qila olgan Ibrat kabi millatparvar insonlar bo‘lgan. Xo‘sh, masalan, bugun nega biz tekinga maktab ochmaymiz? Filmni ko‘rgach, shu kabi savollar sizda paydo bo‘lsa, film o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni bajargan bo‘ladi. Yana bir gap, kinoteatrga ko‘pchilik yosh bolalarni olib kelishni xohlamaydi. Istardimki, kinoteatrga bolalarni ko‘proq olib kelish kerak. Shunda ular bolaligidanoq san’atga muhabbat qo‘ya boshlaydi. Kartina nufuzli xalqaro mukofotlarni qo‘lga kirityapti. Demak, «Ibrat» mevasini berishni boshladi.

Kartina katta ekranlarda namoyish etilgandan so‘ng tarixchilar e’tirofiga sazovor bo‘lgan, kinoshunoslar tomonidan munosib baholangan edi.  

- Ishoqxon Ibrat haqida eshitganman, lekin ochig‘i, hayoti va ijodi haqida ma’lumotga ega emas edim, - deydi kartina prodyuseri Zafar Yo‘ldoshev. - Ssenariyni o‘qiganimdan so‘ng bu inson hayoti va ijodiga qiziqish paydo bo‘ldi. Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar bu inson haqida ko‘proq bilishlari zarur, deb o‘yladim. Фильм­ни suratga olishdan maqsad ham shu edi. Tarixiy шахс­лар haqida filmlar ko‘proq olinsa, millat ma’naviyati bundan yutadi. «Ibrat» — tomoshabinlar uchun yengil hazm bo‘ladigan film emas. Biroz tafakkur qilish, mulohaza yuritishga to‘g‘ri keladi. Shu jihatdan bu kabi filmlarga ehtiyoj ko‘p, deb o‘ylayman. Kartinaning xalqaro festivallarda e’tirof etilishi o‘zbek kinosiga bo‘lgan ishonch, deya baholayman.

Tarixiy kartinada yaxshi aktyorlar sinfi ham shakllantirilgan, unda taniqli aktyorlar Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Akbarxo‘ja Rasulov, Bobur Yo‘ldoshev, Rustam Sa’dullayev, Zulxumor Mo‘minova, Sayyora Yunusova, Shahzoda Matjonova va boshqalar rol ijro etgan.

D. Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahongir Qosimov: «Ibrat» mevasini berishni boshladi