Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda investitsiya va eksport masalalari ham muhokama qilindi.
–Hozir jahondagi murakkab sharoitda kim innovatsiya va investitsiya jalb qilsa, o‘sha g‘olib bo‘layapti, – dedi Prezident.
Joriy yilda Xorazmda: - 900 million dollarlik 12 ta yirik, 480 ta hududiy loyihani ishga tushirish; - 65 turdagi mahsulot, 5 turdagi uskuna ishlab chiqarishni boshlab, mahalliylashtirish hajmini 1,7 trillion so‘mga olib chiqish; - 510 million dollarlik eksportni ta’minlash; - xorijiy investitsiyani 1,5 milliard dollarga yetkazish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zA