Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi (mpox) virusiga qarshi yaratilgan ikkinchi vaksinani tasdiqladi. Uni bolalarda ham qo‘llash mumkin. Ushu vaksina Yaponiyaning «KM Biologics» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, «LC16m8» deb nomlanadi.

Yangi vaksinaning avvalgi turdoshidan farqli jihati bor, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotida. Qayd etilishicha, shu yil sentyabr oyida foydalanish uchun ruxsat etilgan Daniyaning «Bavarian Nordic A/S» kompaniyasiga tegishli «MVA-BN» nomli ilk emlash preparati 18 yoshdan oshganlarda qo‘llashga mo‘ljallangan edi.  

Yaponiyada ishlab chiqarilgan yangi vaksinani esa nafaqat kattalar, balki bir yoshdan oshgan bolalar ham favqulodda holatlarda qabul qilishi mumkin.

JSST bayonotida aytilishicha, Yaponiya hukumati maymun chechagi epidemiyasi avj olgan Kongo Demokratik Respublikasiga ushbu vaksinadan 3 million dozasini beg‘araz yordam sifatida yetkazib berishga qaror qilgan.  

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida dunyo bo‘yicha mpox infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajaga yetib, 2763 ta yangi kasallanish holati ro‘yxatga olingan edi. Aniqlangan bemorlarning asosiy qismi Afrika mintaqasi aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi.

M.HOJIAKBAROVA,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymun chechagiga qarshi ikkinchi vaksinani tasdiqladi