Jahon qarzi rekord darajaga yetmoqda
Britaniyaning Janus Henderson boshqaruv kompaniyasi dunyo bo‘yicha suveren qarzlar miqdori keskin o‘sishini bashorat qildi, deb yozmoqda CNBC. 2022 yil yakunlari bo‘yicha uning miqdori rekord darajaga ko‘tarilishi mumkin.
Tahlilchilarning fikricha, o‘sish 2022 yil yakunlari bo‘yicha 9,5 foizni tashkil etishi mumkin, dunyodagi barcha mamlakatlar suveren qarzlarining jami miqdori esa 71,6 trillion dollarga yetadi. Asosiy suveren qarzlari AQSH, Xitoy va Yaponiya qarzlarini tashkil etadi.
2021 yil yakunlari bo‘yicha global qarzlar 7,8 foizga o‘sib, 65,4 trillion dollargacha yetgan edi.