Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda “Amerika kengashlari” o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekistonning AQSH dagi  elchixonasi.  Vashingtonda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari,  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev va “Amerika kengashlari” ning  xalqaro ta’lim («American Councils»)   bo‘yicha katta vitse prezidenti Maykl  Kertis o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

S.Safoyev «American Councils» vakillariga O‘zbekiston hukumatining  ta’lim tizimi sifatida yaxshilash,  mahalliy mutaxassislarning  salohiyatini oshirish va g‘arbiy universitetlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha   ustuvor vazifalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. Muzokaralar chog‘ida “Amerika kengashlari” rahbariyati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Til o‘rgatish markazini tashkil etish, shuningdek,  davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tizimi xodimlarini zamonaviy iqtisodiyot, menedjment bo‘yicha  o‘qitadigan  fakultet ochish maqsadida ushbu oliy o‘quv yurti va Amerikaning yetakchi universitetlari o‘rtasida bevosita  hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Rossiyalik restoranchilar O‘zbekistondan meva va sabzavotlar yetkazib berishni  yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

«Rossiyskaya gazeta».  May oyida Rossiyalik restoran egalari va O‘zbekistonning oziq-ovqat  mahsulotlari yetkazib beruvchilari  o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi RIA Novosti” agentligiga Rossiya Restoranchilar va mehmonxona xo‘jaliklari federatsiyasi rahbari  Igor Buxarov.  Uchrashuvda  restoran egalari O‘zbekistonlik  meva-sabzavot yetishtiruvchilar,  to‘qimachilik sanoati vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni  yo‘lga qo‘yishmoqchi. Bu haqda Buxarov O‘zbekistonning  Rossiyadagi  Favqulodda va Muxtor elchisi  Botirjon Asadov bilan  bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi. “O‘zbekistonda ko‘plab agrasanoat klasterlari hamda paxtadan gazlama to‘qish,  mehmonxona va restoranlar uchun  to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan  yengil sanoat klasterlari bor”, - deydi Buxarov. Federatsiya raisining so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari  asosan bozorlarga yetkazib berilayotgani, biroq restoran egalari bilan  hamkorlik hali yo‘lga qo‘yilmaganini ham qayd etdi. 

O‘zbekistonda xorijliklar uchun ko‘chmas mulk sotib olish soddalashtiriladi

Forbes Staff. Ўзбекистонда  may oyida boshlab xorijlik fuqarolar uchun ko‘chmas mulk xarid qilish bo‘yicha soliq imtiyozlari joriy  etiladi va bu boradagi tartib soddalashtiriladi. Mamlakat poytaxtida chet elliklar yashash guvohnomasini olishi mumkin bo‘lgan uy-joy narxining eng minimal miqdori kamaytiriladi. 

2022 yil 1 maydan boshlab chet el fuqarolari Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Samarqand shahridagi ko‘chmas mulkni (yer uchastkalaridan tashqari) yashash uchun ruxsatnomasisiz sotib olishi mumkin. 

Shuningdek,  1 maydan boshlab norezidentlar tomonidan jismoniy shaxslar uchun  olinadigan daromad  solig‘i  stavkasi 20 foizdan 12 foizga  tushiriladi. Bu borada O‘zbekiston Moliya vazirligi va  davlat  aktivlarini boshqarish agentligiga  joriy yil oxiriga qadar O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlarining shaxsiy ishtirokisiz qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha depozit hisob varaqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish vazifasi topshirildi. 

I. Abdumalikzoda tayyorladi, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon matbuoti sahifalarida