«O‘zavtosanoat» va “BYD” o‘rtasida memorandum imzolandi

«Sinxua» axborot agentligi. «O‘zavtosanoat» kompaniyasi Xitoyning elektromobil ishlab chiqaruvchi “BYD Auto Industry Co., Ltd.” kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Kelishuvga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda yangi energiya manbalarida yengil avtomobil va avtobus ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatini o‘rganishga kelishib oldi. Hamkorlik doirasida gibrid, elektromobil va elektrobus ishlab chiqariladi, savdo va xizmat ko‘rsatish, jumladan, elektromobillarni quvvatlantirish uskunlari va motorini ta’mirlash tarmog‘i ham yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi energiya manbalarida transport vositasi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan “BYD Co Ltd.” turli mamlakatlarda 8 ta zavodga egalik qiladi. Yiliga 1 million dona avtomobil ishlab chiqaradigan ushbu transmilliy kompaniya endi quvvatni ikki barobar oshirishni  rejalashtirmoqda. Jamoada 220 mingdan ziyod ishchi mehnat qiladi.

O‘zbekiston xususiy sektorida olib borilayotgan islohotlar Fransiya OAV nigohida

Fransiyaning  «Le Courrier de l’Atlas»  jurnalida “O‘zbekiston: mamlakatni jadal modernizatsiyalash uchun  xususiy sektorni keng ko‘lamli isloh qilish” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Materialda O‘zbekistonda ko‘plab asosiy sohalar, jumladan, xususiy sektorni isloh qilish bo‘yicha yangi vazifalar belgilangani, xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish, korrupsiya va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarishga  qarshi kurashish bo‘yicha  yangi  chora-tadbirlar  boshlanganiga e’tibor qaratilgan. 

«O‘zbekiston hukumati barcha tarmoqlarda xususiy sektorning rolini oshirish bo‘yicha dadil qadamlarni qo‘ymoqda, – deyiladi maqolada. – Bu borada davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishni jadallashtirish,  energiya resurslari, transport, kommunikatsiya bozorini rivojlantirish hamda shu sohalarga xususiy investitsiya jalb qilish uchun shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor berilyapti».

Nashr yozishicha, davlat tasarrufidan chiqarish avtomobil va temir yo‘l sohalariga ta’sir ko‘rsatadi va bunda davlat-xususiy sheriklik loyihalari keskin ko‘payishi, soliq qonunchiligi o‘zgarishi, norezidentlar yashashi uchun ruxsatnoma berilishi bo‘yicha imkoniyat kengayishi kutilmoqda. «Rejalashtirilgan bu kabi yangi chora-tadbirlar nafaqat O‘zbekistonning yanada jozibador mamlakatga aylanishiga ko‘maklashadi, balki mamlakatning iqtisodiy o‘sishini ham jadallashtirishi kerak», – yozadi muallif.

Xitoy va O‘zbekiston olimlari biologik xilma-xillikni o‘rganish va saqlash  sohasida hamkorlik qilishmoqda

bugungi kunda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shma  ilmiy tadqiqotlar olib borish va ilmiy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik ustuvor yo‘nalishlardan biridir. So‘nggi yillarda ikki mamlakat olimlari landshaftdagi biologik xilma-xillikni o‘rganish va saqlab qolish bo‘yicha salmoqli ilmiy va amaliy natijaga erishdi. 2019 yil O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi  Botanika bog‘ida tashkil etilgan O‘zbekiston-Xitoy bog‘i (“Global Allium Garden Tashkent Center”) bugungi kunda hamkor mutaxassislarning mashaqqatli mehnati va do‘stligining yorqin dalili sifatida baholanmoqda. Ayni payt Eron, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Kavkaz va O‘rta yer dengizi bo‘yi davlatlaridan yovvoyi piyozning 120 dan ziyod turi damlangan bu joy allaqachon  Toshkent aholisi va mehmonlarining sevimli maskaniga aylangan.

Boqqa  tashrif buyurgan Sinxua axborot agentligi ijodiy guruhi mazkur  ajoyib maskanning barpo etilishiga ilmiy va amaliy hissa qo‘shgan insonlardan biri, O‘zbekiston florasi laboratoriyasi mudiri, akademik Komil Tojiboyev bilan suhbatlashdi. “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida  biologik xilma-xillikni saqlash juda muhim ahamiyatga ega” – deydi olim, jumladan, intervyu berarkan.

O‘zbekiston Yaponiya ommaviy axborot vositalari nigohida 

 «Nikkei Inc.» O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yaponiyaning «Nikkei Inc.» agentligi jurnalistiga intervyu berdi. Suhbat davomida keng ko‘lamli masalalar ko‘tarildi, Yangi Ўзбекистоннинг 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. S.Umurzoqov Strategiyaning ishlab chiqilishi tamoyili, amalga oshirilishi va mazkur hujjatni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar haqida batafsil gapirib berdi. Yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish va yangi loyihalarga xususiy sektorni faol jalb qilish orqali mamlakat sanoatini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini o‘zgartirish rejasi ma’lum qilindi. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va barqaror o‘sishni ta’minlash – tarmoqlarni isloh qilishning ustuvor yo‘nalishi ekani qayd etildi.

Shu nuqtai nazardan yapon sarmoyadorlari uchun eng istiqbolli va sarmoyaviy sohalar sanab o‘tildi: an’anaviy va muqobil energetika, qishloq xo‘jaligi,  to‘qimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik, kimyo va farmatsevtika sanoati, axborot texnologiyalari va sog‘liqni saqlash.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi investitsiya, savdo, moliyaviy va texnik,  madaniy gumanitar hamkorlikning bugungi holatiga ham e’tibor qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida: «Nikkei Inc.» – Yaponiyaning eng yirik media kompaniyalardan biri bo‘lib, 30 million o‘quvchi ushbu kundalik gazeta obunachisi hisoblanadi. Kompaniya 1876 yil faoliyat boshlagan. Hozirgi kunda  «Nikkei Inc.» ikki yirik xalqaro nashrning egasi: har kuni nashr etiladigan «Nikkei Asia» yangiliklar jurnali va «Financial Times» kundalik gazetasi.

Bizning “Jahon  matbuoti  sahifalarida” nomli  yangi ruknimizga oid  tilaklaringiz, taklif va fikr-mulohazalaringizni pochta@uza.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz. 

I.Abdumalikzoda tayyorladi. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon matbuoti sahifalarida O‘zbekiston