Jahon kubogida yigitlar bahsi boshlandi
Toshkent shahridagi “Paxtakor” va “Yoshlik” zallarida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon kubogi davom etmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 16 ta davlatidan 200 nafarga yaqin mohir qilichbozlar ishtirok etmoqda. Bugun, 16 noyabr kuni yigitlar orasida yakkalik bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur yo‘nalishda mamlakatimizning 18 nafar qilichbozi g‘oliblik uchun kurashyapti.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvlarda milliy terma jamoamiz a’zosi Errera Lara Luisa Fernanda musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA