Jahon kubogida medallarimiz soni ko‘paymoqda
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogida para sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Musobaqaning bugungi dasturida erkaklar o‘rtasida +107 kg. vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan terma jamoamizning ikki nafar a’zosi – Ilhom Halimov hamda Nuriddin Davlatov sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Jumladan, Ilhom Halimov 230 kg. natija bilan kumush medalni, Nuriddin Davlatov esa 229 kg. natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa delegatsiyamizning ushbu jahon kubogida qo‘lga kiritgan medallari soni 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 taga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA