Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Universal jamping agro” ot sporti klubida Jahon kubogining Markaziy Osiyo saralash bahslari hamda Millatlar kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

 To‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha o‘tayotgan musobaqalarda  Germaniya, Polsha, Belorus, Armaniston, Rossiya, Qozog‘iston kabi xorij davlatlaridan chavandozlar hamda ot sporti bo‘yicha mutaxassislar jalb qilinganligi bellashuvlarning naqadar qizg‘in va murosasiz o‘tayotganligidan dalolat berib turibdi.  

  Kecha 130 sm. balandlikdagi to‘siqlardan oshib o‘tish bellashuvida hamyurtimiz A’zam Toliboyev o‘zining “LADY” laqabli otida g‘oliblik nashidasini surdi. Keyingi o‘rinlar yana bir hamyurtimiz Bahromjon Gaziyev  (“ETHOS”) va qozog‘istonlik chavandoz Nurila Turisbekova (“CLINTARO”) ga nasib etdi.

 Xalqaro turnirning barcha g‘olib va sovrindorlari bugun ma’lum bo‘ladi.

[gallery-2163]

Muhammad AMIN(surat), O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon kubogi saralash bahslarida hamyurtimiz A’zam Toliboyev g‘olib bo‘ldi