Jahon iqtisodiyoti taqdiri strategik dengiz yölaklariga boğliq(mi)?
Jahon iqtisodiyotida baʼzan minglab kilometr uzoqlikdagi torgina suv yölagida yuz bergan voqea butun dunyo bozorlariga taʼsir körsatadi. Hurmuz böğozi va Qizil dengizdagi vaziyat buning yaqqol misoli. Bir hududdagi harbiy töqnaşuv, savdo kemalariga hujum yoki dengiz qatnovining çeklanişi neft va gaz narxidan tortib, oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari hamda xalqaro yuk taşiş xarajatlarigaça taʼsir qilmoqda.
Hurmuz böğozining strategik ahamiyati uning geografik joylaşuvi bilan belgilanadi. Eron va Ömon örtasidagi uşbu tor suv yöli Fors körfazini Ömon körfazi va Arab dengizi bilan boğlaydi. U orqali Saudiya Arabistoni, Birlaşgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Iroq, Qatar va Eronning neft hamda gaz eksportining katta qismi jahon bozorlariga çiqadi.

Xalqaro energetika agentligi maʼlumotiga köra, 2025-yilda böğoz orqali kuniga örtaça 20 million barrel neft va neft mahsulotlari taşilgan. Bu jahon dengiz orqali amalga oşiriladigan neft savdosining qariyb çorak qismiga teng. Şuningdek, jahon suyultirilgan tabiiy gaz savdosining qariyb 20 foizi ham mazkur yönalişga töğri kelgan.
Joriy yil fevral oyi oxirida boşlangan AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy amaliyotlari, Tehronning javob harakatlari esa uşbu strategik yölakdagi vaziyatni keskinlaştirdi. Mart oyi boşidan böğoz orqali qatnov amalda töxtab qoldi. AQŞ va Eron örtasida iyun oyida erişilgan vaqtinçalik kelişuv töliq oçiliş uçun imkoniyat yaratgan bölsa-da, odatiy dengiz qatnovini tiklaş bilan boğliq noaniqliklar saqlanib qoldi.
Taʼkidlanişiça, martdan oktabrgaça Qatar va BAAdan suyultirilgan gaz yuklaş hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 60 milliard kub metrdan ortiq kamaygan. Ekspertlar böğozdagi uzilişlar yil oxirigaça asosan saqlanib qolişi mumkinligini hisobga olib, 2026-yilda jahon suyultirilgan gaz taklifi 3 foizga pasayişini prognoz qilmoqda.

Buning oqibati faqat neft bozori bilan çeklanmaydi. Gaz taʼminotidagi uzilişlar Yevropa va Osiyoda narxlarni oşirdi, ayrim sanoat tarmoqlarida xarajatlar köpaydi. Xalqaro energetika agentligi maʼlumotlariga köra, Hurmuz böğozi orqali jahon karbamid savdosining 30 foizdan ortiği, ammiak va fosfat savdosining esa qariyb beşdan bir qismi ötadi. Demak, mazkur yönalişdagi uzilişlar mineral öğitlar taʼminotiga ham taʼsir qilişi, bu esa qişloq xöjaligi xarajatlari va oziq-ovqat narxlarida aks etişi mumkin.
Qizil dengizdagi vaziyat esa xalqaro savdoning boşqa muhim böğiniga daxl qilmoqda. Bu yerdagi asosiy xavflardan biri — Yaman hududidagi husiylar harakatining savdo kemalariga hujumlaridir. Qizil dengizni Aden körfazi bilan boğlaydigan Bob al-Mandab böğozi orqali ötgan kemalar Suets kanaliga yetib boradi.
Mazkur yönaliş Osiyo va Yevropa örtasidagi eng muhim dengiz savdo yöllaridan biri hisoblanadi. Hujumlar xavfi kuçayganida köplab kemalar Afrikani aylanib, “Yaxşi Umid” burni orqali harakatlanişga majbur böladi. Bu esa safar vaqtini uzaytiradi, yoqilği, suğurta va taşiş xarajatlarini oşiradi.

Xalqaro dengiz taşkiloti 2026-yil iyul oyida Qizil dengizda xalqaro kemalarga takrorlangan hujumlarni qoralab, ular dengizçilar hayoti, xalqaro qatnov va global taʼminot zanjirlariga xavf tuğdirişini taʼkidladi. AQŞ Dengiz maʼmuriyati esa avgust oyida husiylar savdo kemalariga hujumlarni qayta boşlagani haqida ogohlantiriş berdi.
Ikki hududdagi beqarorlikning bir vaqtda kuçayişi vaziyatni yanada murakkablaştiradi. Hurmuz böğozi Fors körfazidan energiya resurslarini olib çiqiş uçun muhim bölsa, Bob al-Mandab va Suets kanali Osiyodan Yevropa tomon harakatlanadigan yuklar uçun asosiy yölaklardan biridir. Ularning har biridagi uziliş alohida iqtisodiy oqibatlarga ega, bir vaqtda yuz berganda esa logistika tizimiga bosimni oşiradi. Muhimi, muqobil yönalişlar mavjud bölsa-da, ular asosiy dengiz yöllarining örnini töliq bosa olmaydi.

Sönggi voqealar bu xavf nazariy emasligini körsatmoqda. 11-noyabr kuni “Reuters” agentligi Hurmuz böğozi yaqinidagi Ömon hududida kema navigatsiya tizimlariga zarba berilgani haqida xabar tarqatdi. Agentlik suhbatlaşgan manbalarga köra, bu voqea savdo qatnoviga katta taʼsir körsatmasligi mumkin, çunki muqobil navigatsiya tizimlari ham mavjud.
Biroq xabarning özi dengiz xavfsizligi bilan boğliq xatarlar bartaraf etilmaganini körsatadi. Taʼkidlanişiça, Fors körfazi orqali neft eksporti sentabr va oktabr oylarida uruşdan oldingi darajaning 80 foizidan yuqori körsatkiçga tiklangan bölsa-da, oktabr oyida 37 ta kemaga hujum qayd etilgan.

Umuman olganda, Hurmuz böğozi va Qizil dengizdagi vaziyat jahon iqtisodiyotining geosiyosiy jarayonlarga qançalik boğliq ekanini yana bir bor namoyon etmoqda. Dengiz yöllari faqat tovar taşiladigan hudud emas, balki energetika xavfsizligi, xalqaro savdo va davlatlar örtasidagi iqtisodiy munosabatlar tutaşgan strategik makondir. Şuning uçun ulardagi barqarorlikni taʼminlaş biror davlatning emas, butun xalqaro hamjamiyatning manfaatiga daxldor masaladir.
Musulmon Ziyo, ÖzA