Yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning “Jahon iqtisodiyoti  rivojlanishi istiqboli” mavzusidagi ma’ruzasi e’lon qilindi. Hisobotda global iqtisodiy o‘sish sur’ati 2024 yil 3,2 foizga yetishi taxmin qilingan. Bu yanvar oyidagi farazdan bir oz ko‘proq.

“Sinxua” agentligi yozishicha, Jahon banki bilan birga bahorgi kengash doirasida o‘tkazilgan brifingda XVJ bosh iqtisodchisi va tadqiqot departamenti direktori Per-Olive Gurinsh jahon iqtisodiyoti bo‘yicha tushkun fikrlar yangrayotganiga qaramay, o‘sish sur’ati anchayin barqaror qolishi, inflyatsiya esa qanday tez kuchaygan bo‘lsa, shunday tez sustlashishini bashorat qilgan. “Ko‘pgina ko‘rsatkichlar yumshoq qo‘nishni ifodalashiga  ishora qilinmoqda” – deya ta’kidlagan u.

Gurinsh so‘nggi to‘rt yilda kuzatilayotgan inqirozdan ko‘rilgan zarar sezilarli bo‘lmasa-da, oqibat kam daromadli mamlakatlar uchun ancha jiddiy bo‘lishini ham aytgan. Buning ustiga ayrim mamlakatlar, shundog‘am, pandemiya va hayot kechirish qiymatida ro‘y bergan inqirozdan xalos bo‘lishga urinmoqda.

Ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, hali ko‘p muammo saqlanib qolayotgani uchun qat’iy choralar ko‘rish lozim.

XVJ hisobotidan kelgusi besh yil uchun e’lon qilingan global iqtisodiy o‘sish bo‘yicha so‘nggi prognoz so‘nggi o‘n yilliklardagi eng past ko‘rsatkich – 3,1 foizni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi. Global yillik inflyatsiya o‘rtacha 6,8 foizdan pasayadi. 2023 yil yakunida 5,9 foizga teng bo‘lgan bu miqdor 2024 yil yakunida 4,5 foizgacha tushadi.

XVJ bosh iqtisodchisi, shuningdek, so‘nggi payt neft narxi ko‘tarilishi qisman geosiyosiy keskinlik bilan bog‘liqligi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi inflyatsiya o‘jarlik bilan yuqoriligicha qolayotganiga e’tibor qaratgan. Ta’kidlanishicha, yetakchi iqtisodiyotlar o‘rtasida inflyatsiya sekinlashuvi sur’ati farqlanishi valyuta kursini ham o‘zgartirishi mumkin. Bu moliya sektorlariga bosim o‘tkazadi. Yuqori foiz stavkasi kutilganidan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori, chunki belgilangan stavkali ipoteka krediti qayta ko‘rib chiqiladi. Uy xo‘jaliklari ko‘p miqdordagi qarzga duch kelishi moliyaviy stressni keltirib chiqaradi.

XVJ ekspertlari ta’kidlashicha, bir necha omil – pandemiyadan keyin ta’minot zanjirida kuzatilgan uzilish, Rossiya va Ukraina ziddiyati o‘laroq yuzaga kelgan energetika va oziq-ovqat inqirozi, shuningdek, inflyatsiya sezilarli darajada kuchayishi kabi salbiy o‘zgarishlar natijasida so‘nggi yillarda jahon iqtisodiyoti jiddiy bosim ostida qolgan.

So‘nggi paytda dunyoning eng yirik iqtisodiyoti – Qo‘shma Shtatlarda kuzatilayotgan kuchli o‘sish yuqori mahsuldorlik va bandlikning ijobiy darajasi, shuningdek haddan tashqari qizib ketgan iqtisodiyotdagi kuchli talab bilan bog‘liq, deydi ekspertlar. Bu holat federal zaxiradan siyosatni yumshatishga ehtiyotkor va bosqichma-bosqich yondashishni talab qiladi. Yevropa hududida o‘sish, juda past darajada bo‘lsa-da, qayta tiklanadi. Binobarin, oldingi zarbalar va keskin pul-kredit siyosati faollikka ta’sir qiladi.

– AQSHdan farqli o‘laroq, ko‘hna qit’a hududida hozircha qizib ketish alomati kam va shu bois YeI Markaziy banki inflyatsiyani maqsadli darajadan tushib ketmasligini ta’minlash uchun pul-kredit siyosatini yumshatishga qaratilgan harakatni ehtiyotkorlik bilan o‘zgartirishi kerak, – deydi mutaxassis.

Yana bir yirik hudud – Chin mamlakati iqtisodiyotiga ko‘chmas mulk sektoridagi sekinlashuv ta’siri davom etyapti.

Mazkur hisobotdan chiqarilgan xulosa quyidagicha: birinchi o‘rinda byudjet zaxirasini tiklash kerak. Inflyatsiya pasayishiga qaramay, real foiz stavkasi yuqoriligicha qolmoqda, davlat qarzi dinamikasi uncha qulay emas. Ikkinchi ustuvor vazifa – o‘rta muddatli iqtisodiy o‘sish istiqboli yomonlashuvini bartaraf etish. Mahalliy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani rag‘batlantirish, ichki resurslarni safarbar qilishni kuchaytirishga qaratilgan tarkibiy islohotlar past daromadli mamlakatlarga qarz olish xarajati va moliyalashtirishga ehtiyojni kamaytirishga yordam beradi.

S.Rahimov,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon iqtisodiyoti o‘sish darajasi qanday?