O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqini tinglab, ko‘nglimdan o‘tganlari…

2025 yil 2 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Telegram” kanalida shunday yozgan edi:

YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va YUNESKO o‘rtasidagi kelishuv imzolanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Samarqand endi rasman Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida belgilandi. Bu biz uchun katta sharaf va mas’uliyatdir, negaki so‘nggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda o‘tkazilmagan. Bu ijodiy industriyaning mashaqqatli mehnati, xalq diplomatiyasi va eng yuqori darajadagi kelishuvlar samarasidir. Bu – jahon hamjamiyatining mamlakatimiz ochiqligi, o‘ziga xos an’analari va madaniy merosi, boy tarixi, musiqasi, adabiyotiga katta qiziqish bilan qarayotganidan dalolat. Biz madaniyat va san’at vositasida mamlakatimizni xalqaro maydonda targ‘ib etmoqdamiz, dunyo ahliga yanada yaqinlashtirmoqdamiz. Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qo‘shma loyihalar va umumiy g‘oyalarga aylanmoqda.

Xush kelibsan, YUNESKO! Samarqandda uchrashguncha!

2025 yil 30 oktyabr.  Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi tantanali ochildi. 

Dunyo nigohi yana Samarqandga qaratildi. Samarqand jahonning siyosiy, madaniy, tarixiy poytaxti sifatida o‘z o‘rnini tobora mustahkamlamoqda. 

Samarqand tarixlarni, taqdirlarni, o‘zgartirishga qodir buyuk kent. 

Samarqand dunyo tarixida muhim o‘rin tutadigan, qarorlar qabul qilinadigan qarorgoh. 

Samarqand butun dunyoga tinchlik taratadigan, totuvlikka undaydigan, tenglikka chaqiradigan buyuk manzil.

Samarqand urushlarga xotima yasaydigan, ziddiyatlarga barham beradigan, barqarorlikka erishadigan ulug‘vor shahar. 

Bu haqiqatlar bugun Prezidentimizning tarixiy nutqida ham yana bir bor namoyon bo‘ldi: Konferensiyamiz so‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo‘lib o‘tmoqda. Bu bizga albatta katta iftixor bag‘ishlaydi.

Bir paytlar Sohibqiron Amir Temur Samarqandni kuch va qudrat bilan dunyo markazlaridan biriga aylantirgan edi. 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandni jahon diplomatiyasining eng ulug‘ manzillaridan biri bo‘lishiga erishmoqda. 

Davlatimiz rahbari nutqida alohida qayd etganidek: Anjumanimiz insoniyatning tarix solnomasiga gumanistik g‘oyalar, nodir bilimlar, sivilizatsiyalararo muloqot markazi sifatida kirgan Samarqand shahrida o‘tkazilayotganida chuqur ramziy ma’no bor.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qat’iy-siyosiy irodasi bilan O‘zbekistonda bugun ochiqlik siyosati tamoyillariga to‘la amal qilinmoqda. 

O‘zbekiston tinchlik, taraqqiyot, barqarorlik, so‘z erkinligi, demokratik tamoyillarga sodiqligini amalda namoyon etmoqda.  

Prezident Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘ra oladigan siyosati tufayli Markaziy Osiyoning tinchligiga, totuvligiga, hamkorligiga erishildi. 

O‘zbekiston rahbari so‘zda emas, amalda buni butun dunyoga ko‘rsata oldi. Nutqda aytilganidek: Nufuzli forumning mamlakatimizda o‘tkazilayotganini Tashkilotga a’zo davlatlarning Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchining yorqin ifodasi, deb qabul qilamiz.

Tarix shafqatsiz. U o‘z davrida yaratiladi. Tarixni o‘zgartirish, soxtalashtirish, hech qachon ijobiy natija bermagan. 

Biz avlodlarga ulug‘ tarix qoldirgan ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. 

Bir paytlar aynan Samarqandda jahon ilm-fanining buyuk kashfiyotlari yaratilgan.

Samarqand nafaqat muqaddas qadamjolari, balki dunyo ilm-fanning eng yuqori nuqtasi, cho‘qqisi bo‘lganligini ham alohida e’tirof etish zarur: Bu qadimiy kent azaldan bashariyatning buyuk kashfiyotlari beshigi, ilm-fan, adabiyot va madaniyat gullab-yashnagan maskan bo‘lgan. Birgina misol. Ulug‘ hukmdor va alloma Mirzo Ulug‘bek barpo etgan rasadxona gumbazlari ostida noyob yulduzlar jadvali yaratilgan. Bu jadval keyinchalik Kopernik va Kepler kabi mashhur olimlarning ilmiy kashfiyotlari ochilishiga xizmat qilgani tarixdan yaxshi ma’lum.

Mirzo Ulug‘bekning davomchisi, vorisi Ali Qushchi bundan sal kam olti asr ilgari Samarqanddan Istanbulga borib, bugungi kunda dunyoga mashhur bo‘lgan Istanbul universitetining tamal toshini qo‘yganligi ham fikrimiz dalilidir.

Samarqandimizning mezbonlik mavqeyi tobora yuksalayotganligi, jahon xalqlarini o‘ziga chorlayotganligi bizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklashini unutmasligimiz kerak.

Samarqand YUNESKOning 40 yillik tarixini an’analarini o‘zgartira olganligi har birimizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi. 

2016 yilgacha biz xalqaro institutlar eshigiga borgan bo‘lsak, bugun dunyo bizga intilmoqda. Dunyo o‘zaro muloqot qilishga bizni munosib ko‘rmoqda. Bunga Prezident Shavkat Mirziyoyevning juda katta mehnatlari, mashaqqatlari bilan erishganligimizni unutmasligimiz kerak. 

Prezidentimiz nutqida ta’kidlanganidek: Biz YUNESKOning olijanob va ezgu maqsadlariga qat’iy sodiq ekanimizni yana bir bor ta’kidlaymiz. O‘zbekiston Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasida uyg‘unlik ko‘prigi, barcha uchun ochiq va konstruktiv hamkorlik maydoni bo‘lishga hamisha tayyor.

O‘zbekiston rahbari YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiya ishtirokchilari hukmiga bir qator dolzarb, muhim taklif va tashabbuslarini havola etdi. 

Inklyuziv ta’limni rivojlantirish va sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini keng qo‘llash borasida YUNESKOning alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta’lim platformasini joriy etish g‘oyasi ilgari surildi.

Jismoniy va ijtimoiy cheklanishlardan qat’iy nazar har bir bolaga ta’lim olish imkoniyati yaratilishi shart va zarurdir. Bu borada tashabbusni YUNESKO o‘z qo‘liga olishi xalqaro miqyosda mazkur muammoni yechilishini tezlashishiga olib keladi. 

Bugungi dunyoni sun’iy intellektsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sun’iy intellektning hayotimizning har bir jabhasiga kirib kelayotganligi bor gap. Bunday vaziyatda nima qilmoq kerak? 

Prezidentimiz o‘z nutqida yurtimizda YUNESKO ishtirokida “Sun’iy intellekt – maktab” namunali loyihasini amalga oshirishga tayyor ekanligimizni bildirdi. Shuningdek, YUNESKO shafeligida barcha qit’alarning yetakchi oliygohlari, pedagogika va ilmiy tadqiqot institutlari olimlari ishtirokida sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro anjuman o‘tkazishni taklif etdi.

Mening nazarimda, sun’iy intellekt bo‘yicha juda ko‘p fik-mulohazalar bildirilayotgan bir davrda, sun’iy intellekt etikasi zarurati haqida birinchi bo‘lib Prezidentimiz gapirdi. 

Sun’iy intellekt etikasi juda zarur va muhim. Busiz mumkin yemas. Chunki, har qanday yezgulikni o‘z maqsadlariga bo‘ysundiruvchi kuchlar albatta bor. Buni unutishga haqqimiz yo‘q. 

Prezidentimiz Jahon nomoddiy madaniy merosini saqlab qolish borasida bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. YUNESKOning “Jahon xotirasi” dasturini rivojlantirish muhimligiga ham alohida to‘xtaldi. 19 noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni” deb e’lon qilish taklifini bildirdi. 

Mening nazrimda, YUNESKO tashkiloti bu borada muhim qadamlar tashlashi kerakligini hayotning o‘zi taqazo etmoqda. Ming afsuski, urushlar, ziddiyatlar, ayirmachiliklar tufayli jahonning juda ko‘p nomoddiy, madaniy merosi yo‘qolib ketayotganligi yoki kimlarningdir shaxsiy mulkiga aylanayotganligi g‘oyatda achinarlidir.  Insoniyat yaratgan nomoddiy madaniy merosni saqlash yo‘lida zamonaviy usullardan foydalanish zamon talabi. 

Prezidentimiz nutqida Buxoro hunardmadchilik bo‘yicha YUNESKO Ijodkor shaharlar tarmog‘ining a’zosi ekanligini aytib, bu qadimiy shaharda 2027 yilda mazkur yo‘nalishda xalqaro kongressni qabul qilishga tayyorligimizni bildirdi. 

Prezidentimizni tarixiy nutqida iqlim inqiroziga qarshi birgalikda kurashish bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etayotganligi qayd etildi. “YUNESKOning ekologik poytaxti” global tashabbusi ilgari surildi. 

YUNESKO Ijroiya Kengashining “Globallashuv va iqlim o‘zgarishlari sharoitida madaniy merosni asrab-avaylash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasini ishlab chiqish tarafdori ekanligimizni bildirdi. Mazkur masala bo‘yicha Xiva shahrida xalqaro simpozium o‘tkazishga chaqirdi... 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan har bir tashabbus, taklif, mening nazarimda, YUNESKO tashkilotining kelgusi faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Mazkur tashkilotda O‘zbekistonning nufuzi o‘rni mustahkamlanishiga asos bo‘ladi.

Nafaqat Samarqand, balki Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizga ham YUNESKOning e’tibori yanada ortishiga olib keladi.

Yangi O‘zbekiston va uning Prezidenti ilgari surayotgan g‘oyalar dunyoga chiqayotgani jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani har birimizga cheksiz faxr-iftixor bag‘ishlaydi.

Rustam XOLMURODOV, 

Samarqand davlat universiteti rektori,

O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi,

Oliy Majlis Senati a’zosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon iftixoriga aylanayotgan Samarqand…