FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida og‘ir atletika bo‘yicha Norvegiyada o‘tkazilgan jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi rahbariyati, sportchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-25936]
Dunyo birinchiligida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, -110 kg. vazn toifasida mutlaq chempionlikka erishgan Akbar Jo‘rayev tegishli hukumat qarori asosida «Prezident sovg‘asi» – BYD avtomobili hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan Ruslan Nuruddinov va sportchilarimizning murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA