Qozog‘istonning Olmaota shahrida 88 ta davlatning 850 nafardan ziyod yosh shaxmatchilari ishtirokida U8, U10, U12 yosh toifalari o‘rtasida o‘tayotgan navbatdagi jahon chempionatining 1-tur o‘yinlari ortda qoldi.

Kecha o‘tkazilgan mazkur tur o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan 8 yoshli o‘g‘il bolalardan Fazliddin Farhodov, 8 yoshli qizlardan Munisa Mashrabboyeva, Aminabonu Zohirova, Zarina Larina, Kumushoy Uzoqova, 10 yoshli o‘g‘il bolalardan Nurmuhammad Ne’matillaxonov va Akbar Mustafoqulov, 12 yoshli o‘g‘il bolalardan Oriyat Obidjonov, 12 yoshli qizlar orasida Sarvinoz Bekmuratova g‘oliblikka erishdi.

Hamyurtlarimizdan Muzaffarjon Abdurasulov va Husnoraxon Husnitdinova o‘z yosh toifalarida raqiblari bilan durangga erishdi.

Aytish lozim, chempionatning har bir yosh toifasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga 20 ming yevro qiymatidagi sovg‘alar taqdim etiladi.

12 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi bahslarda 1-o‘rinni egallagan shaxmatchilarga FIDE sport ustasi, qizlar o‘rtasida esa FIDE ayollar sport ustasi unvonlari taqdim etiladi. 8 va 10 yoshgacha bo‘lgan sovrindorlar esa FIDE sport ustaligiga nomzod sport unvoni sohiblari bo‘lishadi.

Bugun, 20 sentyabr kuni 11 ta turdan iborat jahon chempionatining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Unda 1-turda g‘oliblikka erishgan yosh shaxmatchilarimizdan Fazliddin Farhodov hindistonlik, Munisa Mashrabboyeva chexiyalik, Aminabonu Zohirova ukrainalik, Zarina Larina AQSHlik, Kumushoy Uzoqova mo‘g‘ulistonlik, Nurmuhammad Ne’matillaxonov vengriyalik, Akbar Mustafoqulov turkiyalik, Oriyat Obidjonov qozog‘istonlik, Sarvinoz Bekmuratova makedoniyalik tengdoshi bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, 30 sentyabrga qadar davom etidan jahon birinchiligida mamlakatimizning 16 nafar iste’dodli sportchi yoshlari ishtirok etmoqda.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionatining ilk turida 9 nafar yosh shaxmatchimiz g‘alabaga erishdi