Futbol bo‘yicha Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining uchta guruhida 7-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Biz uchun ahamiyatlisi mazkur turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z maydonida Qirg‘izistonni 1:0 hisobida yengdi.

Uchrashuvda kutilganidek, Timur Kapadze qo‘l ostidagi Milliy terma jamoamiz dastlabki daqiqalardan bor e‘tiborni hujumga qaratdi.

O‘yinning 26-daqiqasida Eldor Shomurodov penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, 40-daqiqada Hojiakbar Alijonov raqib darvozasini ishg‘ol qildi va shu gol o‘yin yakunigacha yagonaligicha qoldi. Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ochkolar sonini 16 taga yetkazib oldi.

Darvoqe, mazkur uchrashuvning umumiy ko‘rsatkichlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

— to‘pni nazorat qilish: 73 % — 27 %;

— umumiy zarbalar: 25 – 1;

— darvoza tomon zarbalar: 9 – 0;

— golli vaziyatlar: 4 – 0;

— jarima maydonchasidan berilgan zarbalar: 15 – 0;

— jarima maydonchasi tashqarisidan berilgan zarbalar: 10 – 1;

— umumiy uzatmalar: 698 – 257;

— aniq uzatmalar: 605 (87%) – 168 (65%);

— aniq uzun uzatmalar: 48 (63%) – 18 (28%);

— raqib jarima maydonchasida to‘pga tegish: 37 – 2;

— qoida buzilishlar: 13 – 10;

— ofsaydlar: 3 – 0;

— burchak zarbalar: 12 – 0.

"A" guruhida Eron yetakchilikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonning Qirg‘iziston ustidan qozonilgan g‘alabasi, Eronning BAAga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabasi va Qatarning KXDRga qarshi 5:1 hisobidagi yutug‘i natijasida "A" guruhidagi jamoalar o‘z o‘rinlarini aniqlashtirdi. Eron 19 ochko bilan birinchi o‘rinda, O‘zbekiston esa 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashdi. BAA va Qatar esa 10 ochko bilan 3-4-o‘rinlardan joy oldi.  Qirg‘iziston 3 ochko bilan 5-o‘rinda, KXDR esa 2 ochko evaziga so‘ngi pog‘onada qoldi.

25-mart kuni ushbu guruhda 8-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda Eron — O‘zbekiston, Qirg‘iziston – Qatar, KXDR — BAA terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

"B" guruhida Janubiy Koreya birinchi pog‘onadagi o‘rnini mustahkamladi  

Janubiy Koreya O‘monga qarshi 1:1 hisobida durang o‘ynadi, biroq 15 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni saqlab qolmoqda. Iordaniya va Iroq 12 ochkoga ega bo‘lib, kuchli uchlikni tashkil etmoqda.

Guruhda O‘mon 7 ochko bilan 4-o‘rinda, Kuvayt esa 5 ochko bilan 5-o‘rinda turibdi. Falastinning hisobida hamon 3 ochko mavjud.

Ushbu turning 8-tur uchrashuvlarida Janubiy Koreya – Iordaniya, Falastin – Iroq, Kuvayt – Iroq termalari bahsiga guvoh bo‘lamiz.

"S" guruhida Yaponiya jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yaponiya 19 ochko bilan "S" guruhida birinchi bo‘lib jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu terma jamoa 7-turda Bahrayn terma jamoasini 2:0 hisobida yengdi.

Avstraliya 5:1 hisobida Indoneziyani mag‘lub etdi va 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Saudiya Arabistoni esa Xitoyni 1:0 hisobida yengib, 9 ochko bilan pog‘onadan uchinchi o‘rinni oldi. Darvoqe, Indoneziya, Bahrayn va Xitoy 8-tur oldidan bir xil — 6 ochkoga ega bo‘lgan holda quyi o‘rinlarga tushib ketdi.

Guruhning navbatdagi uchrashuvlari Yaponiya – Saudiya Arabistoni, Xitoy – Avstraliya, Indoneziya – Bahrayn o‘rtasida tashkil etiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionatiga saralash: guruhlardagi vaziyat