Jahon chempionatiga Samarqandda qur’a tashlanadi
Joriy yilda yurtimiz FIFA shefeligidagi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqa oldidan turnirga qur’a tashlash marosimi 26-may kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Marosim dunyoning 200 dan ortiq mamlakatiga translyatsiya qilinadi.

Kecha FIFA prezidentining futzal bo‘yicha yordamchisi, FIFA musobaqalar o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Haime Yarza boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.

FIFA mas’ullari O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri A.Ikramov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirokida qur’a tashlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

FIFA tavsiyasi asosida tashkiliy qo‘mita a’zolari tasdiqlanib, vazifalar belgilab olindi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat),
O‘zA muxbirlari