Jahon chempionatida 5 nafar atletimiz ishtirok etadi
Joriy yilning 13-21 sentyabr kunlari Tokio shahrida o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining kvalifikatsion davri yakunlandi va mazkur chempionatga yo‘llanma olgan atletlar nomi aniq bo‘ldi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi – Shohrux Davlatov (marafon), Safina Sa’dullayeva (balandlikka sakrash), Anvar Anvarov (uzunlikka sakrash), Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash) va Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish) o‘z yo‘nalishlarida kuchlilar qatoridan joy oldi va bo‘lajak dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA