Jahon chempionati qoldirilishi mumkin
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini kelasi yilga qoldirishni rejalashtirmoqda.
Ushbu musobaqa joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan edi. Bu haqda rasmiy qaror 20 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun: JAR va Qatar mamlakatlari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish istagini bildirgan. Mazkur chempionatning amaldagi g‘olibi Myunxenning "Bavariya" jamoasi hisoblanadi.
J.Toshxo‘jayev, O‘zA