Jahon chempionati Ispaniya-1982. Italiyaning yana taxtga qaytishi
Bu turnir nafaqat o‘zining-ramzi, balki-shiddatli bahslari va kutilmagan natijalari bilan ham tarixda qolgan.
Jahon chempionatlari tarixiga nazar solish navbati — futbol olamiga afsonaviy «Naranxito»ni (Maskot) taqdim etgan 1982 yilgi Ispaniya mundialiga!
Bu turnir nafaqat o‘zining-ramzi, balki-shiddatli bahslari va kutilmagan natijalari bilan ham tarixda qolgan.
Mundialning muhim raqamlari:
Ishtirokchilar: 24 ta terma jamoa (ilk bor 16 tadan 24 taga ko‘paytirilgan).
O‘tkazilgan o‘yinlar: 52 ta.
Urilgan gollar: 146 ta (har o‘yinga o‘rtacha 2,8 ta gol).
Tomoshabinlar tashrifi: 2 109 723 nafar.
Turnir to‘pi: Adidas Tango.
Sovrindorlar:
Chempion: Italiya 🇮🇹 (3-karata jahon chempioni bo‘lishgan).
Vitse-chempion: GFR (G‘arbiy Germaniya) 🇩🇪.
Uсhinchi o‘rin: Polsha 🇵🇱.
Turnir qahramoni:
Italiyalik Paolo Rossi 6 ta gol bilan musobaqa to‘purari (Golden Boot) va eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Uning ayniqsa Braziliya darvozasiga yo‘llagan xet-trigi hamon futbol klassikasi hisoblanadi.
Final natijasi:
Italiya 3 : 1 GFR
(Gollar: Rossi 57’, Tardelli 69’, Altobelli 81’ — Braytner 83’).
Intizom:
Turnir davomida hakamlar-tomonidan 99 ta sariq va bor-yo‘g‘i 5 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan. Bu hozirgi futbol bilan solishtirganda ancha past ko‘rsatkich!
