Futzal bo‘yicha jahon chempionati bu yil 14 sentyabrdan 6 oktyabrgacha ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Buxoro shahri ham nufuzli musobaqaning asosiy mezbonlaridan biri bo‘ladi. Mazkur musobaqani viloyat markazida barpo etilgan “Universal” sport majmuasida o‘tkazish rejalashtirilgan.

[gallery-18779]

–Hozirgi vaqtda “Universal” sport majmuasining qurilishi to‘liq yakunlandi, –deydi viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Najmiddinov. Majmua jahon standartlari darajasida jihozlandi. Futzal bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishga tayyor.  

“Universal” sport majmuasining rasmiy ochilish marosimida sinov o‘yini – O‘zbekiston futzal afsonalari va Buxoro futzal yulduzlari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Teng kurashlarga boy o‘tgan bahs muxlislarga haqiqiy futbol zavqini ulashgani bilan esda qoladigan bo‘ldi. Uchrashuv yakunida Buxoro futzal yulduzlari g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionati Buxoroda o‘tkaziladi