Amerika Qo‘shma Shtatlarida futbol bo‘yicha klublar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Gap shundaki, ayni damda chempionatning guruh bosqichida so‘nggi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur bosqichning “F” va “E”  guruhi bahslari kutilmagan natija bilan yakunlandi.  

Jahon chempionatining “F” guruhidan o‘rin olgan “Fluminense” - “Mamelodi Sandaunz” bahsida hisob ochilmadi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi. “Borussiya Dortmund” esa “Ulsan” klubini 1:0 hisobida taslim qildi. Ushbu uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, guruhda   “Borussiya Dortmund” 7 ochko bilan birinchi o‘rindan joy oldi, “Fluminense” esa 5 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi. “Mamelodi Sandaunz” 4, “Ulsan” ochkosiz 3-4 pog‘onada qolib ketdi.

“E” guruhida “Inter” 2:0 hisobida “River Pleyt” jamoasini taslim qildi. Natijada, “Inter”ning ochkolari 7 taga yetdi va keyingi bosqichga birinchi o‘rin bilan chiqdi. “River Pleyt” esa ushbu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng 4 ochko bilan uchinchi pog‘onada qolib ketdi. Darvoqe, uchrashuvni hamyurtimiz Ilgiz Tantashev boshqarib bordi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam berdi.  

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda "Monterrey" "Urava Red Daymonds" ustidan 4:0 hisobida zafar quchdi va ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Endi 1/8 finalda 1 iyul kuni “Inter” “Fluminense” bilan to‘qnashadi, 2 iyulda esa "Monterrey" “Borussiya Dortmund” bilan kuch sinashadi.  

27 iyun kuni jahon chempionatining “G” guruhida “Yuventus” va “Manchester Siti”, “Vidad” hamda "Al-Ayn" o‘zaro raqobatlashsa, “H” guruhida “Real Madrid” – “RB Zalsburg”, “Al-Hilol” –“Pachuka” jamoalari bahsiga guvoh bo‘lamiz.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionati: Bugun “G” guruhida “Yuventus” va “Manchester Siti” to‘qnashadi