“Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish maqsadida Rozanna Nitti boshchiligida Jahon banki missiyasi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarida bo‘ldi.

Missiya a’zolari yer uchastkalari va ko‘chmas mulk ob’ektlarini ro‘yxatga olish, kadastr pasportini shakllantirish jarayonlari bilan tanishdi. Delegatsiya a’zolariga Uzkad  dasturida ko‘chmas mulk obektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni jonli tarzda namoyish qilindi. Mehmonlar Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga ko‘rsatiladigan kadastr sohasidagi davlat xizmatlari bilan tanishdi.

Jahon banki missiyasi vakillari ishtirokida Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Investitsiya va tashqi savdo hamda Qurilish vazirliklarining hududiy boshqarmalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Dalat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati ma’sullari ham qatnashdi. Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishning integratsiyalashtirilgan axborot tizimini sinovdan o‘tkazish, joriy etish, mavjud muammollar va ishlarni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirishdagi o‘zaro hamkorlik muhokama qilindi.  

Tadbirda tarmoqlarning integratsiyalashuvi jarayonidagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon banki missiyasi Buxoroda