“Jahon adabiyoti”ning navbatdagi soni nashrdan chiqdi
Jurnalning nashrdan chiqqan yangi soni mavzular qamrovining kengligi, rang-barangligi bilan e’tiborni tortadi.
Jurnal navoiyshunos Olimjon Davlatovning Hazrat Alisher Navoiyning “Adab ermasdurur qilmoq har ishni...” g‘azali sharhi bilan boshlanadi.
Nasrda Anton Chexovning “Bo‘sa”, Rotterdamlik Erazmning “Nodonlikka qasida”, Vladimir Korotkevichning “Ko‘hna afsona”, Aleksandr Levkovskiyning “Inson, urush va muhabbat”, Zeus Qabadayining “Meni tashlab keting”, Mixail Zadornovning “Hayotiy hajviyalar” asarlari bilan tanishasiz.
Ingliz shoiri Tomas Eliot, mumtoz turk shoiri Sulton Sulaymon Muhibbining she’rilari ruhingizga quvvat bag‘ishlaydi.
Taniqli jurnalist, yozuvchi Jaloliddin Safoyevning Edvard Radzinskiydan qilgan tarjimasi – “Knyaz. Chaqimchining xotiralari”ni albatta o‘qing.
Abayning “Kitobi tasdiq” (to‘g‘rilik, rostgo‘ylik kitobi), taniqli shoir Salim Ashurning “So‘z va fikr o‘z o‘rnini topsa...”, Rustam Mirvohidning “G‘azal va taxmis uyg‘unligi” maqolalari – hamma-hammasi mutolaasidan zavq olasiz, ruh tetiklashadi.
Qaysi ijodkorlar, qanaqa asarlarni mutolaa qilgan ma’qul deguvchi o‘quvchilarga “Jahon adabiyoti”ni o‘qing, deymiz...
O‘zA