O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova ishtirokida oilalarni mustahkamlashda, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirishda ijodkor ayollarning ishtirokini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida ta’kidlanganidek, xalqimizga ma’rifat ulashish, oila mustahkamligini ta’minlashda, ayniqsa, qizlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etishda onalar, munis opa-singillarimizning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. Bu boradagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 22 dekabrda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ham alohida ta’kidlangan, har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi. 

Bugungi kunda globallashuv davrining turli tahdid va xatarlari yoshlar ongiga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazayotgani taassufli holatdir. Yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, milliy an’ana va qadriyatlarimizning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimiz, ayniqsa xotin-qizlarga to‘g‘ri yetkazish, oilaning millatimiz uchun muqaddas tushuncha ekanini yoshlar ongiga singdirishda ijodkor ziyoli ayollarimiz ham oldingi safda bo‘lmog‘i kerakligini davrning o‘zi ko‘rsatmoqda. 

– Tarixdan ma’lumki, milliy adabiyotimiz darg‘alari safida ayol ijodkorlar ham o‘ziga hos o‘rin egallaydi, - dedi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayho Mahkamova. – Ularning ijodi, faoliyati, ibratli hayotini targ‘ib va tashviq etish, milliy adabiyotimizga ulkan hissa qo‘shgan ustoz ijodkor ayollar bilan birga bugungi kun shoiralari va adibalari, adabiyot ahlining fidoyi ayollarini ezgu masqad yo‘lida birlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda ijodkor ayollarning taklif va tavsiyalarini tinglash, umumlashtirish muhimdir. 

– Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda misli ko‘rilmagan yangilanish jarayonlari kechmoqda, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. – Yangilanayotgan O‘zbekistonimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlarni jahon tan olmoqda, e’tirof etmoqda. Dunyoning turli davlatlarida buyuk ajdodlarimizgning muhtasham haykallari qad rostamoqda. Ijodkorlar o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda. Ayni damda jaholatga qairshi ma’rifat bilan kurashishda ijodkorlar, ayniqsa qalamkash ayollarning o‘ziga xos o‘rni bor, albatta. 

Darhaqiqat, hozirgi globallashuv davrida millatimizga, xalqimiz tabiatiga begona bo‘lgan g‘oyalarning kirib kelayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bunday g‘oyalarga qarshi kurashda esa har bir ijodkor ziyoli o‘zining qat’iy va muayyan hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lmog‘i zarurligi va shu orqali yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shmog‘i kerakligini zamonning qat’iy talabiga aylandi. 

Yig‘ilish davomida milliy qahramonlarimiz, dunyo tarixida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan momolarimiz, zamon qahramonlarini targ‘ib etishda ayol ijodkorlar ham munosib hissa qo‘shishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Bu boradagi ezgu ishlarda ijodkor ayollar, olimalar, san’at, ta’lim, sport sohasidagi ilg‘or ayollarga oid badiiy, hujjatli filmlar yaratish, kitoblar chop etish, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kerakligiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga maktablar, kasb-hunar o‘quv dargohlari, oliy o‘quv yurtlari, mehnat jamoalari, mahallalarda ijodkor ayollarning xalqimiz, ayniqsa, xotin-qizlar bilan uchrashuvlari, jonli muloqotlari, samimiy davra suhbatlarini muntazam tarzda tashkil etish maqsadga muvofiqligi e’tirof etildi. Qo‘shiqlar, xususiy telekanallar orqali namoyish etilayotgan ko‘rsatuv va seriallar saviyasini yaxshilash maqsadida tegishli tashkilotlar, Madaniyat vazirligi, mass-media tuzilmalari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurliligiga e’tibor qaratildi.

– Ijodkor ham, kitobxon ham oilada voyaga yetadi, – dedi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Sharifa Salimova. – Milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘usini kuchaytirish uchun darsliklar yaratishda adabiyot ahlining ishtirokini kuchaytirish davr talabiga aylandi. Ba’zan xususiy tekanallar orqali inson qalbini chil-parchin qilib yuboradigan ko‘rsatuv, filmlar namoyish etilayotgani afsuslanarli holatdir. Maktabda tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, “ustoz-shogird” an’analarining bardavomligini ta’minlash zarurligini zamonning o‘zi ko‘rsatmoqda. 

Yig‘ilishda ulg‘ayib kelayotgan avlodda bugungi hur va ozod davrning, mustaqilligimiz, tinch va osoyishta hayotning qadriga yetishdek tuyg‘ularni qaror toptirish, oila muqaddasligini yoshlar ongiga singdirishga doir targ‘ibot ishlari bo‘yicha “Yo‘l xatirasi”, faoliyat rejasini tuzib olishga, yoshlar tarbiyasidek murakkab va mas’uliyatli jarayonga adabiyotimizning zahmatkash ayollarini tobora keng jalb etish borasida taklif va tavsiyalar atroflicha muhokama etildi. 

Nazokat Usmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishda ijodkor ayollar oldingi safda bo‘lmog‘i kerak