Muhtaram Prezidentimizning Murojaatlarida mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yoʻnalishlari, xalqimiz farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan dolzarb masalalar oʻz aksini topdi.

Jumladan, davlatimiz rahbari mamlakatimizda “Jaholatga qarshi – maʼrifat” degan ezgu gʻoya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va doʻstlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targʻib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri ekanini alohida taʼkidladi.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida diniy qadriyatlarni eʼzozlash, islomning chinakam taraqqiyot, ilm-maʼrifat dini ekanini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz boʻlgan yoshlarimizga yetkazib berishga qaratilgan tizimli, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Islom dini insoniyatni ezgulikka boshlaydi. Haqiqiy musulmon, hadisi shariflarda taʼkidlanganidek, oʻzgalarga ozor bermaydigan, oʻzidan yaxshilik, ilm-maʼrifat, hidoyat taratadigan insondir. Mazkur haqiqat bugun butun dunyo hamjamiyati anglashi, bagʻrikenglik va ahillikni hayotiy mezon sifatida qabul qilishi lozim boʻlgan dolzarb masala hisoblanadi.

Maʼrifat va jaholat bir-birini inkor etadigan tushunchalar boʻlib, qayerdaki maʼrifat boʻlsa, oʻsha yerda nur boʻladi, yaxshilik urugʻlari kurtak ochadi, odamlar baxtiyor va farovon hayot kechiradi. Aksincha, jaholat bor joyda maʼrifat zaiflashgan, mehr-oqibat chekingan boʻladi. Oʻsha yerdan qut-baraka, fayz koʻtariladi.

Murojaatda ushbu yilda ulugʻ mutafakkirlar hayoti va ilmiy merosiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. Ayniqsa, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy, aqida ilmi allomasi Abu Mansur Moturidiy, ulugʻ mutasavvif Bahouddin Naqshband nomi bilan bogʻliq xalqaro miqyosdagi tadbirlarning oʻtkazilishi har birimizning qalbimizga gʻurur baxsh etdi. Ayniqsa, niyat haqida keltirilgan hadis maʼno-mohiyatiga koʻra har bir amalimizni ezgu niyat va xolislik bilan boshlashga daʼvat etadi. Haqiqatda, niyatni xolis qilsak, yaxshi, ezgu niyatlar tilasak, natijasi ham shunga yarasha boʻladi.

Nuriddin Xoliqnazarov,
Toshkent shahar bosh imom-xatibi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jaholatga qarshi maʼrifat – shiorimiz