Jadidlik harakati asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi mangu qalbimizda (+video)
Prezidentimizning 2024 yilning 27 dekabridagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, joylarda mutafakkir hayotiga oid ijodiy uchrashuv, ilmiy konferensiya va adabiy kechalar o‘tkazilmoqda.
Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘lib o‘tgan adabiy-ma’rifiy tadbir shular jumlasidandir.
“Jadidlik harakati asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi mangu qalbimizda” mavzusidagi mazkur tadbirda Milliy gvardiya markaziy devoni shaxsiy tarkibi va tizimda o‘z yigitlik burchini ado etayotgan muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Dastlab mutafakkir adibning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Shuningdek, tarixchi va olimlar tomonidan adibning milliy ozodlik harakati buyuk namoyandasi sifatida olib borgan ilg‘or harakati, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, adabiyot va san’at, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilg‘or taraqqiyot yutuqlarini o‘zlashtirish yo‘lida qilgan jasorati va islohotparvar qarashlarini namoyon etadigan ma’ruzalar qilindi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hcV6TcHxfA0" title="Jadidchlik harakati asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi mangu qalbimizda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Tadbir ma’rifatparvar buyuk jadidlar xotirasiga bag‘ishlangan qo‘shiqlardan iborat konsert dasturiga ulanib ketdi.
N.Rahmonova, O‘zA