Ma’rifatparvar bobolarimiz ona tili, ta’lim rivojiga katta e’tibor qaratganlar. Zero, ayni jihatlar qoloqlikka barham berishda, millatni yorug‘likka olib chiqishda, yurt taraqqiyotida ustuvor ahamiyat kasb etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza JAMOLOVA bilan shu haqda suhbatlashdik.

– Prezidentimiz tomonidan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sohaga oid dolzarb masalalar atroflicha muhokama etilgani, jadidlarning peshqadam vakillaridan bo‘lgan Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosining ochilishi jarayonida o‘qituvchilar bilan muloqoti xususida Sizning fikrlaringizni bilmoqchi edik.

– Yurtimizda har yili O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlanib kelmoqda. Ayniqsa, 2017 yildan bu umummilliy bayramning mazmun-mohiyati tubdan o‘zgardi. O‘qituvchilar bayramni paxta dalasida emas, yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatilgan holda munosib joylarda nishonlash baxtiga muyassar bo‘ldi. 2024 yil 30 sentyabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahrida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi va ushbu tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘zining boshida barcha ta’lim-tarbiya xodimlarini bayram bilan samimiy tabriklab, xalqimizning chuqur hurmat-ehtiromini yetkazdilar. Ta’lim jarayonidagi eng dolzarb masala – maktab ekanini ta’kidlab, maktab o‘qituvchilarining millat farzandlarini tarbiyalashdek jasoratlarini e’tirof etdilar. Zamonaviy maktablar qurish, sifatli ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, o‘qituvchilikni jamiyatda eng obro‘li kasblar qatoriga olib chiqishni ma’lum qildilar.

Shu kuni buyuk jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining yangi binosini ham borib ko‘rdilar va bu institutning faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha qimmatli fikrlarini taqdim qildilar. Bu ishlarning barchasiga shunday ta’rif berish mumkin: davlatimiz rahbari shu millat uchun jonini fido qilgan, ta’lim sohasida o‘zgarishlar qilib, yangi maktablar ochgan, ammo bosqinchi hukumatning zulmkor siyosati tufayli ularning davomiyligini saqlab qololmagan jadid bobolarimizning armonlarini yuzaga chiqaruvchisi, ularning orzularini amalga oshiruvchisidirlar.

– Keyingi yillarda har yili oktyabr oyining boshida mamlakatimiz ziyolilari, olim va ijodkorlari tomonidan taraqqiyparvar bobolarimizning tabarruk xotirasi yodga olinishi savobli an’anaga aylangan. Buni qanday izohlagan bo‘lar edingiz?

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda har yili oktyabr oyining birinchi haftasini Qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bunga ko‘plab vazirliklar, agentliklar va davlat idoralari mas’ul qilib belgilab qo‘yildi. Shu o‘rinda aytishim kerakki, Tarix institutida 2021 yildan boshlab institut direktori, akademik Azamat Ziyo boshchiligida ushbu haftalik doirasida turli tadbirlar, ilmiy yig‘inlar o‘tkazish an’anaga aylanib ulgurgan. 2024 yil 7 oktyabr kuni jadidchilik va qatag‘on tarixi masalalariga bag‘ishlangan “Qaramlik, millat va qatag‘on” 3-umummilliy yig‘inimiz bo‘lib o‘tadi. Unda institut olimlari so‘nggi tadqiqotlari asosida ushbu masalalarni yoritib beruvchi ma’ruzalari bilan qatnashadilar. Bundan tashqari, yig‘inimizga Abdulhamid Cho‘lpon, G‘ozi Yunus, Abdulla Qodiriy, Po‘lat Soliyev va boshqa qatag‘on bo‘lgan jadidlarimizning avlodlari ham taklif qilingan bo‘lib, ularning bobolari haqidagi xotiralarini ham tinglaymiz.

– Jadid bobolarimiz faoliyatida ona tilimizga, milliy adabiyotimizga e’tibor muhim yo‘nalishlardan sanalgan. Shu haqidagi fikrlaringizni bilmoqchi edik.

– Jadid bobolarimiz qanday ishga qo‘l urmasinlar, unda millat, xalq va Vatan taqdiri birinchi o‘rinda turgan. Ular ona tilimizning jonkuyarlari, milliy adabiyotimizni rivojlantirish tashabbuskorlari edilar.

O‘zbek tili go‘zal va boy til ekanini buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy olti asr oldin butun dunyoga tanitgan edi. Ammo keyingi yuz yilliklarda arab va fors tillarida ijod qilish ko‘lami kengayib, o‘zbek tili ikkinchi darajali tilga aylanib qoldi. Maktablarda va madrasalarda ham o‘zbek tili fan sifatida o‘qitilmadi. Bu esa tilimizni jar yoqasiga keltirib qo‘ydi. Faqatgina 20-yuz yillik boshlariga kelib, o‘zbek tilining Alisher Navoiy davridagidek mavqeini tiklashni jadidlar o‘z zimmalariga oldilar va bu yo‘lda bir qator ishlarni amalga oshirdilar. O‘zbek tilining mavqeini tiklash, uni davlat tili darajasiga ko‘tarish uchun harakat qildilar.

Jadidlar fors, arab, rus va boshqa tillarni o‘rganish davr talabi ekanini qayd qilib, yoshlarni til o‘rganishga da’vat qilganlar. Ammo dastlab o‘z ona tilini bilishi kerakligini ta’kidlab, o‘z tilini yaxshi bilmagan boshqa tilni ham yaxshi o‘rgana olmaydi, deb hisoblaganlar. Yangi usul maktablarida o‘zbek tilida o‘qitishni keng joriy qildilar. Fors va arab tilidagi darsliklar o‘rnini o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar bilan bosqichma – bosqich to‘ldirib bordilar.

Jadidlar o‘z maqsad va g‘oyalari targ‘ibotchisi bo‘lgan davriy matbuotning ham o‘zbek tilida bo‘lishini ta’minlashga intildilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy gazeta va jurnallarning o‘zbek tilida yuritilishi zarurati haqida “Turkchaning sho‘’ba va shoxlari bo‘lgan o‘zbek-chig‘atoy, tatar, ozarboyjon, qozoq va turkman lahjalarindagi yangi matbuotning eng ahamiyatlik masalalaridan biri, albatta, sheva, lahja, imlo masalalaridur”, deb ta’kidladi. Garchi o‘zi “Samarqand” gazetasi va “Oyina” jurnalini o‘zbek hamda tojik tillarida chop etsada, Turkiston aholisining katta qismi turkiy tilda gaplashishini inobatga olgan holda matbuotning o‘zbek tilida yuritilishini qo‘llab-quvvatladi.

1919 yili Abdurauf Fitrat Toshkent shahrida “Chig‘atoy gurungi”ga asos soladi. Bu tashkilotning oldida turgan muhim vazifalardan biri o‘zbek tilining dunyo tillari orasidagi yuqori mavqeini ko‘rsatib berish edi. “Chig‘atoy gurungi” a’zolari 10-yuz yilliklardayoq yozilgan Mahmud Qoshg‘ariy va Yusuf Xos Hojib asarlarini Turkistoning turli hududlaridan izlab, uning turli davrlarda yozilgan nusxalarini topishdi. “Devoni lug‘otit turk” va “Qutadg‘u bilig” asarlarini tahlil qilish orqali o‘n bir asr oldin o‘zbek tili mukammal, ilmiy va adabiy til ekanini ko‘rsatib berishdi.

Jadidlar orasida siyosatchilar, iqtisodchilar, san’at xodimlari, tarixchilar, o‘qituvchilar bilan bir qatorda adabiyot namoyandalari ham bor edilar. Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Hoji Muin, Mahmud Hodiyev (Botu) va boshqa ko‘plab jadidlar adib, shoir, dramaturglar ham edilar. Ular yaratgan she’rlar, dramalar va romanlarda davlat va jamiyat hayoti, milliy ozodlik, o‘zbek xalqining o‘zligi, tarixi va turmushidagi muammolar ochib berildi. Bu asarlar yaratilganiga 100 va undan ortiq yil bo‘lsa ham bugun o‘z qiymatini yo‘qotmagan. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanlari, Abdurauf Fitrat she’rlarini sevib o‘qiymiz, tahlil etamiz, mushohada qilamiz.

Jadidlar o‘z zamonasining buyuklari edi. Ammo mustamlakasidan mahrum bo‘lishni hech qachon istamaydigan bosqinchi Rossiya imperiyasiga o‘z siyosatini yuritishiga doimiy ravishda “xalaqit” beruvchilar kerak emas edi. Shuning uchun ular jismonan yo‘q qilib yuborildi, xalqimiz esa ularni unutishga majbur qilindi.

– Ta’lim, til va adabiyot yo‘nalishida faoliyat olib borgan jadid bobolarimiz hayotini o‘rganish yuzasidan qanday tadqiqotlar olib borilmoqda?

– Bugungi kunda jadidchilik tarixini o‘rganishga har doimgidan ham ko‘proq e’tibor qaratilyapti. Ularning hayoti, faoliyati, ilmiy merosini o‘rganish tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. FA Tarix institutida jadidchilik tarixi masalalari Qahramon Rajabov, Abduvali Yo‘ldoshev, Gulmira Ochilova, Asadullo Hasanov, Daler Mirzayev, Mahmuda G‘oyibnazarovalar tomonidan jiddiy tadqiq qilinmoqda. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, “Turkiston muxtoriyati” izohli-hujjatlar to‘plamini chop etish arafasida turibmiz. Jadidlarning til-imlo masalalariga oid matbuot sahifalarida e’lon qilingan maqolalarini to‘plab, ularning ham izohli-to‘plamini tayyorlash ustida ishlayapmiz.

Respublika oliy ta’lim muassasalarida ham jadidchilik tarixi masalalari keng tadqiq qilinmoqda, jumladan, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi jadid yo‘lboshchilarining hayoti, faoliyati va ilmiy merosi alohida tadqiq qilinmoqda. Nafaqat tarixchilar, balki tilshunoslar, adabiyotshunoslar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, pedagoglar, faylasuflar ham jadidchilik masalalarini o‘rganmoqdalar. Tilshunoslar va adabiyotshunoslar jadidlarning til va adabiyot yo‘nalishidagi faoliyatini chuqur tahlil qilayotgan bo‘lsalar, pedagoglar ta’lim sohasidagi xizmatlarini ochib bermoqdalar.

– Qiziqarli suhbat uchun tashakkur!

Nazokat Usmonova,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadidlar ona tilimiz, adabiyot, ta’limning jonkuyari edilar