Vatanimiz tarixidagi 31 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1907 yil (bundan 118 yil oldin) – Samarqandda zulm va haqsizlikka qarshi ko‘tarilgan ommaviy xalq xarakati boshlig‘i Namoz Primqul o‘g‘li rus ma’muriyati yollagan yashirin josuslar (o‘z to‘dasidan chiqqan xoin) tomonidan uxlab yotganida o‘ldirildi. Uning jasadini kapitan Golov ko‘rib, bu chindan ham Namoz Pirimqul o‘g‘liniki deb tasdiqladi.

Tarixchi Shahodat Murodovaning qayd etishicha, Turkiston general-gubernatori Namoz botirning o‘limidan xursandligini yashirmadi. U Samarqand viloyatharbiy gubernatori general-mayor Gesketga quyidagi mazmundagi telegramma yubordi: “Hayriyatki, Sizning mehnatlaringiz va tadbirkorligingiz tufayli biz Namozdan qutildik. Juda xursandman, minnatdorman. O‘zlarini ko‘rsatganlarni mukofotga taqdim qiling”.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Namoz Pirimqul o‘g‘li Rossiya imperiyasining Turkistondagi amaldorlari, boy-badavlat kishilar mol-mulkini tortib olib kambag‘allarga, beva-bechoralarga ulashgan. Shuning uchun u yuqori tabaqalar, mustamlakachilar orasida “Namoz o‘g‘ri”, xalq o‘rtasida esa “Namoz botir” deb nom qozongan. Uning ishlari xalq o‘rtasida doston bo‘lib ketgan. Xalq baxshisi Nurmon Abduvoy o‘g‘li “Namoz” dostonini yaratgan.

1918 yil (bundan 107 yil oldin) – jadidchilik harakatining yo‘lboshchilaridan biri Munavvarqori boshchiligida 12 may kuni ochilgan Musulmon Xalq dorilfununi (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning oliy ta’lim bosqichi – Musulmon Dorilmuallimi tashkil etildi. 

Biroq sho‘rolar siyosiy va ijtimoiy muhitning murakkabligi va Rossiyadagi siyosiy voqealarni ro‘kach qilib, 5 yillik o‘qishga mo‘ljallangan dorilmualliminni faqat 4 oylik musulmon o‘qituvchilari kurslari bilan chegaralab qo‘ydi. Dorilfununning “Xalq dorilfununi” nomli gazetasi birinchi sonining chiqishi ham ayni shu kunda yuz berdi. 

1928 yil (bundan 97 yil oldin)Birlashgan Davlat siyosiy boshqarmasi tomonidan Butunittifoq Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasiga O‘zbekistondagi siyosiy kayfiyat to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan “O‘zbek ziyolilari orasida “shovinizm”ning rivojlanishi va o‘sishi haqidagi agenturaning hujjatli ma’lumotlari” nomli hisobot yuborildi. Hisobotda “mahalliylashtirish”, “pano‘zbekizm”, “antisovet targ‘iboti” va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. 

Bu hujjatda milliy manfaatlarni himoya qilib chiqqan vatanparvarlarning mahalliylashtirish siyosatining bir yoqlama olib borilayotgani haqidagi fikrlari ham keltirilgan. Jumladan, Munavvarqori Abdurashidxonovning quyidagi fikri qayd etilgan: “Yevropaliklarning o‘zlari mahalliylashtirish g‘oyasini o‘zlari inkor qilishadi: mahalliy xodimlarni lavozimlarga tayinlashadi, lekin “mos emas” deb ularni tez haydashadi, milliy kadrlarni tayyorlashmaydi. Bilimli insonlar “ideologiya” sababli chetlashtiriladi, ruslarga esa hech qanaqa to‘siq qo‘yishmaydi”.

1945 yil (bundan 80 yil oldin) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Botir Boboyevga Qahramon unvoni berildi. Bu xabarni u mag‘lub bo‘lgan Berlin shahrida oldi. U bo‘lib o‘tgan jang maydonlarida O‘zbekistonning shon-sharafini taratgan mardonavor jangchilarning eng yaxshi xislatlarini o‘zida mujassam qilgan edi. Urushning uzoq vaqt cho‘zilgan va mashaqqatli butun yo‘lini u jang olishuvlarida o‘tkazdi.

Uning bo‘linmasi Berlin yo‘lidagi daryolarning oxirgisi – Oder daryosini birinchilar qatorida jang bilan kechib o‘tdi. Bu bo‘linma daryoning g‘arbiy sohilidagi kichikroq istehkomda o‘n marta qarshi hujumga o‘tdi. Boboyev bo‘linmasining gvardiyasi to‘pchilari dushman vzvodini yakson qilib, bir tank va ikki o‘ziyurar to‘pni yondirib yubordi. Fashistlar bataloni shu bo‘linma snaryadlarining zarbalari ostida yakson bo‘ldi.

2012 yil (bundan 13 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari qabul qilindi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imtiyozlar va preferensiyalar berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim tizimiga joriy qilish, chet tillarini mukammal egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillar bo‘yicha filologlar, pedagoglar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash tizimini yanada kengaytirish maqsadida Andijon shahrida Andijon davlat chet tillari instituti tashkil tildi.

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadid yo‘lboshchilaridan biri Munavvarqori sovetlarning kadrlar siyosati haqida qanday fikrda edi?