Vatanimiz tarixidagi 29 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1500 yil (bundan 525 yil oldin) – Muhammad Shayboniyxon qo‘shini temuriylarga qarashli Boqi Tarxon qo‘shinini Dabusiya qalasi yonida tor-mor qildi va poytaxt Samarqandga yurish boshladi. 

1843 yil (bundan 182 yil oldin) – ona tomondan Qo‘qon xonlari, ota tomondan Maxdumi A’zam avlodidan bo‘lgan yirik tarixchi olim, ma’rifatparvar Hakimxonto‘ra o‘zining “Muntaxab ut-tavorix” (“Yilnomalar to‘plami”) asarini yozib tamomladi. Mazkur asarda payg‘ambarlar haqidagi rivoyatlar, qadimgi Eron, Arab xalifaligi, somoniylar, saljuqiylar, xorazmshohlar, mo‘g‘ullar, temuriylar va boburiylar davri tarixidan qisqacha ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Buxoro va Qo‘qon xonliklarining tashkil topishidan boshlab XIX asrning 40-yillarigacha bo‘lgan tarixi batafsil tasvirlangan.

1873 yil (bundan 152 yil oldin) – Rossiya imperiyasi Xivani egalladi. Xiva ruslar tomonidan ishg‘ol qilinishidan oldin, bu yerda to‘ntarish bo‘lib, Muhammad Rahimxon II o‘rnida uning ukasi Otajon to‘ra xon deb e’lon qilingan edi. Xiva ishg‘ol qilingandan so‘ng Turkiston general-gubernatori Konstantin fon Kaufman Muhammad Rahimxon Feruzni yana taxtga o‘tirg‘izdi.

1909 yil (bundan 116 yil oldin) – jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, o‘zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev rus yozuvchisi Lev Tolstoyga xat yo‘lladi. U o‘z xatida Tolstoyning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Buyuk adib yosh o‘zbek yigiti maktubiga javob yozib, Ubaydullaxo‘jaga yo‘lladi. Bu yosh o‘zbek yigitining aql-zakovati ulug‘ yozuvchi e’tiborini jalb qilganidan dalolat beradi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o‘zbek jadidlarining e’tiborini o‘ziga jalb etgan.

1914 yil (bundan 111 yil oldin) – jadidchilik harakati yetakchilaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy ikkinchi bor arab mamlakatlariga sayohatga otlandi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, uning sayohat xotiralari har jihatdan g‘oyat muhim bo‘lib, Behbudiy ularni o‘z jurnali “Oyina”ning 1914 yil sonlarida ketma-ket berib bordi. Bu adabiyotimizdagi an’anaviy tarixiy-memuar janrining yigirmanchi asr boshidagi o‘ziga xos namunasidir.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan o‘zbek futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va namuna ko‘rsatgani, milliy futbol maktabini rivojlantirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun Mirjalol Qosimov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. 

2008 yil (bundan 17 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamg‘armasiga kirishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2012 yil (bundan 13 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Angren» maxsus industrial zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2015 yil (bundan 10 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Ma’naviy hayot» jurnali tahririyatini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«112» yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jadid Ubaydullaxo‘ja rus yozuvchisi Lev Tolstoyga nega xat yozgan?