Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Jadid” gazetasi tahririyati hamkorligida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jadid bobomga maktub” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

  • jadid ma’rifatparvarlaridan biriga xat tarzida yozilgan insho (daftar varag‘ining 80 qatoridan oshmagan holda, husnixat bilan qo‘lda yozilgan bo‘lishi shart);
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, yashash manzili, bog‘lanish uchun telefon raqami, maktabi va sinfi ko‘rsatilgan holda @Jadidtanlovi_bot telegram boti orqali joriy yil 20 iyundan 20 avgustga qadar qabul qilinadi.
  • Tanlovga taqdim etilgan insholar 100 ballik tizimda baholanadi. Ko‘chirilgan yoki sun’iy intellekt ishtirokida tayyorlangan materiallar aniqlangan taqdirda tanlovdan olib tashlanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tanlov g‘oliblari diplom, jadidlar qalamiga mansub kitoblar to‘plami va quyidagi pul mukofotlari bilan mukofotlanadi:

  • 1 ta birinchi o‘rin – 5 000 000 (besh million) so‘m;
  • 2 ta ikkinchi o‘rin – har biri 4 000 000 (to‘rt million) so‘mdan;
  • 3 ta uchinchi o‘rin – har biri 3 000 000 (uch million) so‘mdan;
  • 10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – har biri 1 000 000 (bir million) so‘mdan.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida aniqlanadi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi. Ularning ijodiy ishlari “Jadid” gazetasida chop etiladi.

Shuningdek, birinchi o‘rin g‘olibi o‘qiyotgan maktab kutubxonasiga 1000 ta badiiy, ilmiy-ommabop kitob taqdim etiladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Jadid bobomga maktub" tanlovi o‘tkaziladi