Ayol tahqirlansa, tazyiqqa duch kelsa, nozik jussasiga buning yukini koʻtarish ogʻir.

Ayol tahqirlansa, tazyiqqa duch kelsa, nozik jussasiga buning yukini koʻtarish ogʻir. Ayniqsa, bu jabrga uning u yoki bu yaqini tomonidan qoʻl urilgan boʻlsa, buning azobi yana ham kattalashadi. Bunday vaziyatda ayol jismidagi har qanday yara va ogʻriq uning qalb qiynoqlari, iztiroblari oldida hech narsa emas. Ruhan dalda, koʻmak, qoʻllab-quvvatlovgina uni bu iskanjadan qutqara oladi.

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari huzuridagi Zoʻravonlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari xodimlari uchun boʻlib oʻtayotgan seminar-treningda shu kabi fikrlar alohida qayd etildi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasining Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish komissiyasi tomonidan Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamda Texnik hamkorlik qilish va rivojlantirish agentligi koʻmagida “Xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va ularning mehnat faolligini oshirish orqali xotin-qizlar rolini kuchaytirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Seminarning birinchi kunida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonova ishtirok etdi.

– Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollarni davlat va jamoat tashkilotlaridan yordam olishi bizning mentalitetimiz uchun yangilik, –dedi E.Bositxonova. – Lekin bu eng maqbul chora ekani bugun oʻz isbotini topmoqda. Hozir yurtimizda 194 Zoʻravonlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi faoliyat olib bormoqda. Aynan mana shu markazlar oʻzining shart-sharoit va imkoniyatlari bilan ogʻir vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlarga har tomonlama koʻmak koʻrsata olishi kerak. Ularda faoliyat olib borayotgan xodimlar jabrdiyda ayollarga astoydil, qalban yordam berishga doim shay turishi lozim.

Taʼkidlanganidek, yaqindagina mamlakatimizda uzoq yil kutilgan ikkita hujjat qabul qilindi. Bu “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlardir. Bu yangilik xalqaro hamjamiyatda Oʻzbekiston nufuzini yanada oshirdi. Eng muhimi, ayollarimizning davlat himoyasi va eʼtiborida ekaniga ishonchi yanada mustahkamlandi. Yana bir muhim qadam Oʻzbekiston Respublikasining Xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgani boʻldi.

– Soʻnggi paytlarda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda gender muammolariga alohida eʼtibor qaratilayotgan boʻlsa ham xotin-qizlarning iqtisodiyot va biznesdagi oʻrni yetarlicha emas, – dedi Yuristlar malakasini oshirish markazining Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi Lola Saidova. –Ayollarning kasbiy va ishchanlik faoliyatini kuchaytirish koʻp jihatdan ularni qoʻllab-quvvatlashga, ular uchun yaratib berilgan shart-sharoitlarga bogʻliq. Xususan, bu borada Fransiya tajribasi eʼtiborga molik. Mazkur davlat ayollarga nisbatan zoʻravonlikning turli shakllari mavjudligi boʻyicha Yevropa mamlakatlari orasida ikkinchi oʻrinda turadi. Maʼlumotlarga koʻra, hozir u yerda 225 ming ayol tazyiq va zoʻravonlik qurboni boʻlmoqda. Bir yilda uyda zoʻravonlikka uchragan 15 000 mingga yaqin ayoldan murojaat kelib tushadi. Mamlakatda ayollar zoʻravonligi koʻrsatkichlari tendensiyalari va bu kabi noxush holatlarning oldini olish bilan shugʻullanadigan maxsus institutlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Masalan, 2010-yilda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi himoya orderi tashkil etilgan. Aynan mana shu hujjat bizning yurtimizga tatbiq etildi. Bundan tashqari, Fransiyada “Sall center”lar ish olib boradi.

Gender, gender tenglik va xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik tushunchalari, ayollar huquqlarini himoya qilishning xalqaro tizimi seminar-trening birinchi kunining asosiy mavzulari boʻldi.

Seminarning ikkinchi kunida Fransiya va Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va bunga eʼtibor qaratish amaliyoti atroflicha tahlil qilinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jabrdiyda ayollarga koʻmak koʻrsatish jamoatchilik eʼtiborida
Жамият
20:16 / 23:09:2019