Ijtimoiy tarmoqlarda xalq deputatlari Fargʻona shahar kengashi deputatligiga nomzodi koʻrsatilgan ayol haqida suratlar tarqalib, turlicha talqin qilinmoqda.

22-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan parlament va mahalliy kengashlarga saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida tashkil etilayotgan boʻlib, ayni kunlarda deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti davom etmoqda. Milliy qonunchiligimizda saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Bu esa, oʻz navbatida, har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak masʼuliyat ham yuklaydi.

El-yurt orasida hurmat qozongan insonlar nomzodini deputat sifatida koʻrsatish siyosiy partiyalarning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Fargʻona shahrida oʻtkazilayotgan saylovlarga, xususan, nomzodlarni koʻrsatish masalasida hokimlik aralashmagan boʻlib, 5 ta siyosiy partiyalar tomonidan ular ilgari surildi. Xalq deputatlari shahar kengashiga saylov oʻtkazuvchi komissiyaning maʼlum qilishicha, 30 ta okrug boʻyicha 150 nafar deputatlikka nomzodlar roʻyxatga olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayolning nomzodi shahar kengashi deputatligiga Ekologik partiya tomonidan 25-“Margʻilon” okrugidan koʻrsatilgan boʻlib, u xususiy korxona rahbari boʻlib ishlaydi.

Saylov kodeksining 42-moddasiga koʻra, shov-shuvlarga sabab boʻlgan ayol shahar saylov komissiyasiga 23-noyabr kuni nomzodlikdan voz kechish boʻyicha ariza bilan murojaat qilgan. Saylov komissiyasining qaroriga asosan u nomzodlar roʻyxatidan chiqarilgan.

Ekologik partiya Fargʻona shahar kengashining maʼlum qilishicha, bu shaxsni nomzod etib koʻrsatish toʻgʻrisidagi partiya qarori bekor qilingan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IZOH: Fargʻonalik ayol deputatlik nomzodidan voz kechgan