Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 365 o‘rinli bo‘lib, bu yerda 750 dan ziyod xodim faoliyat olib boradi.

Markaz bosh vrachi Odiljon Umarovning aytishicha, aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida muassasa moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bemorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bo‘limlarni zamonaviy loyihalar asosida ta’mirlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2023-2024 yillar davomida markazning pulmonologiya, otolaringologiya, nevrologiya, kardiologiya, reabilitatsiya, klinik laboratoriya bo‘limlari, shuningdek, ko‘p tarmoqli markaziy konsultativ poliklinikasi ta’mirdan chiqarildi.  

[gallery-18659]

Tibbiyot markazi uchun  17 ta turdagi tibbiy apparatura hamda eng zarur  asbob-uskunalar sotib olindi. Tibbiy xizmat sifatini takomillashtirish, amaliyotga yuqori texnologiyalarni jalb etish bilan birga rahbariyat tashabbusi asosida xorijiy davlatlarda magistratura kurslarini tamomlagan, ilmiy darajaga ega bo‘lgan yosh iqtidorli kadrlarni tanlash va ularni o‘z o‘rniga qo‘yishga ham jiddiy yondashilmoqda. Qisqa muddat ichida bu mutaxassislarga bemorlarni qatnovlari sezilarli darajada oshib boryapti.  

Bundan tashqari ushbu markazda Farg‘ona jamoat salomatlik institutining klinik kafedralari o‘quv bazalarini tashkil etish uchun  11 ta o‘quv xonasi va 1 ta konferensiya zali ajratib berildi. Institut xodimlari davolash ishlarida ishtirok etishi, talabalarga amaliy mashg‘ulot o‘tishlariga sharoit yaratib berilishi bilan birgalikda markaz vrachlari tomonidan 3 ta yo‘nalish (xirurgiya, travmatologiya, klinik laboratoriya) bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. Institut professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlik bemorlarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatishda yuqori natijalarga erishishda muhim omil bo‘lmoqda.  

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashgan sifatli tibbiy yordam – asosiy maqsad