Odatda olamshumul ixtiroyu kashfiyotlar mualliflari yo AQSH yoki Yevropa vakillari boʻlishiga odatlanib qolganmiz.

Odatda olamshumul ixtiroyu kashfiyotlar mualliflari yo AQSH yoki Yevropa vakillari boʻlishiga odatlanib qolganmiz. Ayniqsa, besh oydan buyon butun dunyo tojdor ofatni daf qilolmayotgan bir davrda oʻzbek mutaxassislari koronavirusni jilovlash yoʻlini topishgani biroz shubhali gapday ham tuyilishi mumkin.

Ammo bu yangilikda aslo yolgʻon yoʻq. Hammasi haqiqat!

Gap shundaki, hozir manaman degan davlatlar ham bu oʻlatga qarshi anʼanaviy usulda kurashyapti. Dizenfeksiya, shaxsiy gigiyena vositalari... Bularning barchasi — kimyo. Hatto moʻjizaviy vaksina yaratish yoʻlidagi urinishlar ham shu usulga xos.

Bizning mutaxassislarimiz esa mutlaqo boshqacha yoʻldan borishdi. Qisqa vaqt ichida olib borilgan tadqiqotlar natijalari esa — aʼlo! Qarang, bu laʼnati virusni fizik yoʻl bilan ham jilovlash mumkin ekan.

Xoʻ-oʻ-sh, qanday qilib, degan savolingizga quyida javob berishga harakat qilamiz.

Endilikda “COVID-19” haqida fanga koʻp narsa maʼlum. Shulardan biri koronovirusning havo orqali tarqalishi! Birgina yoʻtal yoki aksirish oqibatida hosil boʻlgan bulutli tomchilar havoda bir necha daqiqa davomida saqlanib turadi. Hatto bemor xonani tark etsa ham, bu yerga kirgan kishi infeksiyani yuqtirib olishi mumkin. Koʻcha-koʻyga chiqqanda tibbiy niqob taqib yurishimiz, odamlar bilan muloqotda masofa saqlashimizning boisi shu.

Toshkent shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan tuzilgan ekspertlar guruhi tojdor virusga ayni shu yoʻldan zarba berish lozimligini anglashdi. Shu tariqa maxsus tadqiqot loyihasini roʻyobga chiqarishga kirishildi.

Dastlabki laboratoriya sinov-tadqiqotlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Izlanishlar virus va bakteriyalarni bloklaydigan va zararsizlantiradigan universal texnologiya yaratish ustida olib borildi.

photo_2020-05-20_23-28-41.jpg

Unga koʻra, yangi innovatsion texnologiya yopiq maydondagi havoni zararsizlantiribgina qolmay, bemorning nafas yoʻllari va oʻpkasigacha virus hamda boshqa yuqumli kasalliklardan tozalaydi.

— Innovatsion texnologiyaning asosi — yangi yaratilgan molekulalar, — deydi mazkur ixtiro muallifi, tadqiqotchi Olimjon Yusupov. — Ana shu ajabtovur molekulalar belgilangan hududning havosi va hatto turli jismlar, ashyolarning ustki hamda ichki qismlaridagi mavjud virus va bakteriyalarni ham neytrallashtirish xususiyatiga ega. Shuningdek, bu qurilma inson nafas olish yullaridagi viruslargacha masofaviy zararsizlantiradi. Eng muhimi, uni qoʻllash uchun koʻp vaqt talab etilmaydi. 30 metr kvadrat maydondagi xona dezinfeksiyasi uchun bor-yoʻgʻi 15 daqiqa kifoya.

Darvoqe, Olimjon aka ajoyib ixtirochi. Turli global muammolarni bartaraf etish yoʻlida tinim bilmaydi. Bir necha yil avval u sunʼiy bulut hosil qilish va yomgʻir yogʻdirish usulida qurib borayotgan Orol dengizini toʻldirish texnologiyasini yaratgandi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan maʼqullangan va ijobiy tavsiya berilgan mazkur loyiha kelajakda oʻz samarasini berishiga ishonamiz.

Pandemiya boshlangach esa Olimjon akaning halovati yana yoʻqoldi. U qanday qilib koronavirusdan insoniyatning jonini omon saqlash ustida oʻylay boshladi. Nihoyat kutilgan samaraga erishildi.

Loyiha muallifining taʼkidlashicha, yangi yaratilgan texnologiya havo orqali infeksiya yuqishi xavfini butunlay yoʻqqa chiqaradi. Bu texnologiyaning universalligi shundaki, u nafaqat tojsimon oʻlat, barcha turdagi mikroblar, bakteriyalar va viruslarning kushandasiga aylanadi.

Mutaxassislarimiz ushbu texnologiyadan tibbiyot muassasalari va odam gavjum boʻladigan boshqa bino va inshootlarda foydalanishni tavsiya etishmoqda. Uning ishlash prinsipi eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan va inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz.

Yangi innovatsion qurilma yaqin kunlarda mamlakatimizda ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi moʻljallanyapti.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IXTIRO: Oʻzbek tadqiqotchisi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi
Жамият
23:16 / 20:05:2020