Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Aziz Saidov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy IV “Samurai” xalqaro turniri o‘tkazildi. Unda yurtimiz dzyudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikalaridan kelgan 500 nafardan ziyod iste’dodli polvonlar bahslashdi.

Xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Sport vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda dzyudo federatsiyasi mutasaddilari so‘zga chiqib, yosh dzyudochilarga mas’uliyatli bellashuvlarda omad tiladi.

Xalqaro turnir reglamentiga ko‘ra 2008-2009 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar -50, -55, -60, -66, -73, -81, +81 kg., qizlar esa -44, -48, -52, -57, -63, -70 va +70 kg. vazn toifalarida tatamiga chiqqan bo‘lsa, 2010-2011 yillarda tavallud topgan kichik o‘smirlar -38, -42, -46, -50, -55, -60 hamda +60 kg. vaznlarda medallar uchun raqobatga kirdi.

Mazkur musobaqada vakillarimizdan Rustambek Sokidinov, Aydos Azadov, Mahmudbek Temirov, Otabek Yo‘ldoshboyev, Oybek Ahmedov, Inomjon Bahodirov va Ruslan Temurov 2008-2009 yillarda tug‘ilgan polvonlar o‘rtasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ushbu toifadagi qizlar bahsida Jasmina Tojaliyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin oldi. Kichik o‘smirlar bahsida Otabek Muhammadov, Jahongir Yo‘ldoshev va Bilolbek Bekzodov barcha raqiblarini yengib, IV “Samurai” xalqaro turniri g‘olibi deya e’tirof etildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IV “Samurai” xalqaro turniri yuqori saviyada o‘tdi