3 iyun kuni Fanlar akademiyasi Botanika institutida “Xalqaro Tabiatni Muhofaza Qilish Ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxat mezonlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy yondashuvlar” mavzusida ilk xalqaro seminar boshlandi. Ushbu nufuzli ilmiy-amaliy seminar IUCN, FA akademiyasi va Jahon banki hamkorligida tashkil etildi.

Bu yuzasidan FA Axborot xizmati ma’lum qilmoqda.  

Tashkil etilgan ikki kunlik seminarda IUCN xalqaro missiyasi vakillari, biologik xilma-xillikni muhofaza qilish sohasida yetakchi xorijiy olimlar, qo‘shni davlatlardan kelgan mutaxassislar, xalqaro ekspertlar hamda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 40 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etishmoqda.

Seminar ochilishida FA vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova so‘zga chiqib, tadbir 2025 yil — “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida amalga oshirilayotgan muhim tashabbuslardan biri ekanini ta’kidladi. IUCN bosh direktori Grethel Aguilar o‘z tabrigida biologik xilma-xillikni saqlash dolzarb global muammoga aylanganini qayd etdi hamda O‘zbekistonning bu boradagi islohotlarini yuqori baholadi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mazkur seminar O‘zbekiston Qizil kitobi yangi — oltinchi nashrini tayyorlash jarayonida muhim metodik asos va amaliy qo‘llanma vazifasini o‘taydi. Yangi nashrga kiritiladigan barcha turlar ilk bor to‘liq IUCNning xalqaro mezonlari asosida baholanadi.  

Bu esa mamlakat biologik resurslarini xalqaro standartlarga muvofiq muhofaza qilish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.

Shuningdek, seminar doirasida Fanlar akademiyasi va IUCN o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi.  

Unda FA vitse-prezidenti Shahlo Turdiqulova, IUCN bosh direktori Grethel Aguilar, IUCNning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Dmitriy Gorshkov, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Oliver Avramoski hamda FAga qarashli Botanika va Zoologiya institutlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tomonlar so‘nggi yillardagi muhim tashabbuslar, amalga oshirilgan loyihalar va ilmiy yutuqlar haqida batafsil fikr almashdilar. Jumladan, FA tizimidagi “Raqamli tabiat” dasturi doirasida 2025–2029 yillarda amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar taqdim etildi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda biologik xilma-xillikni muhofaza qilish masalalari, Qizil kitobning yangi nashrini tayyorlash jarayoni va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari keng muhokama qilindi.

Tashrif doirasida mehmonlar Botanika institutida saqlanayotgan noyob Milliy gerbariy fondi bilan yaqindan tanishdilar.  

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. IUSN delegatlariga esa O‘zbekiston Qizil kitobining o‘simliklar va hayvonlarga bag‘ishlangan nashrlari esdalik sifatida topshirildi.

Ma’lumot uchun: IUCN Qizil ro‘yxati — yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan turlarni aniqlash va baholashda eng ishonchli xalqaro mezonlardan biri sifatida e’tirof etilgan.  

Bu mezonlar global ekologik siyosatni shakllantirish, xalqaro resurslarni jalb qilish va xavf ostidagi turlarni muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.

M.Eshmirzayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IUCN Qizil ro‘yxat mezonlari bo‘yicha ilk xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi